USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Vuçiç tez orada istefoga çiqişini elon qildi

158 марта
Вучич тез орада истеъфога чиқишини эълон қилди

Serbiya Prezidenti Aleksandar Vuçiç “yaqin haftalarda” istefoga çiqişini elon qildi. Bu haqda u keça, 27 iyun kuni öz tarafdorlari oldidagi mitingda çiqiş qilayotganda bayon etdi. 

Vuçiç uning istefosidan keyin mamlakatda muddatidan oldin parlament va prezidentlik saylovlari bölib ötişini alohida takidlagan. Uşbu saylovlar kuzdayoq ötkazilişi kutilmoqda.

Vuçiç 12 yildan beri hokimiyatda qolmoqda va uning ikkinçi prezidentlik vakolat muddati 2027 yilning örtalarida yakuniga yetadi. Serbiya Konstitutsiyasiga köra, ayni bir şaxs ikki muddatdan ortiq prezident lavozimini egallay olmaydi.

Bungaça Vuçiç hokimiyatda qoliş uçun konstitutsiyani özgartiriş niyatida emasligini bildirgan edi. Şunga qaramay, u parlament saylovlarida iştirok etişni rejalaştirayotganini va mamlakat boş vaziri lavozimiga öz nomzodini ilgari surişdan umidvor ekanligini elon qildi. Vuçiç avval ham, 2014–2017 yillarda Serbiya hukumatiga rahbarlik qilgan.

Qayd etiş joiz, Vuçiç istefoga çiqişini butun mamlakat böylab bir yarim yildan beri davom etayotgan talabalarning korruptsiyaga qarşi norozilik namoyişlari fonida malum qildi. Namoyişlarga Novi-Sad şahridagi temir yöl vokzalida bostirmaning qulab tuşişi va buning oqibatida 16 kişi halok bölişi sabab bölgan edi. 

Talabalarning aktsiyalari muntazam ravişda önlab va hatto yuz minglab odamlarni birlaştirmoqda. Namoyişçilar Vuçiç va uning atrofidagilarni keng tarqalgan korruptsiya, uyuşgan jinoyatçilik bilan aloqadorlik, siyosiy raqiblarga qarşi kuç işlatiş va söz erkinligini böğişda ayblamoqda.

Norozilik namoyişlari iştirokçilarining talablaridan biri – muddatidan oldin saylovlar ötkazişdir. Jamoatçilik fikriga köra, mamlakat aholisining qariyb 80 foizi talabalarning korruptsiyaga qarşi talablarini, yana 64 foizi esa namoyişlarning özini qöllab-quvvatlaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: