Saudiyada vertolyot qulab tuşdi. 14 kişi halok böldi
Keça, 28 iyun kuni Saudiya Arabistonida vertolyot qulaşi oqibatida mamlakatning 14 nafar fuqarosi halok böldi. Fojia tafsilotlari örganilmoqda. Bu haqda Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Ras-Tanura şahrida “Saudi Aramco” milliy neft kompaniyasiga tegişli vertolyot halokatga uçragan. Bortda bölgan 14 kişining barçasi halok bölgan. Ularning hammasi Saudiya fuqarolari bölgani aytilmoqda.
“Vertolyot qulaşi va halokat sabablarini aniqlaş uçun tegişli organlar iştirokida tergov harakatlari davom etmoqda”, deydi vazirlik vakili.
Malumotlarga köra, Ras-Tanurada mintaqadagi eng yirik neftni qayta işlaş majmualaridan biri joylaşgan. Şunga qaramay, mamlakat rasmiylari aviahalokatni AQŞ hamda Isroilning Eron bilan ziddiyati fonida sanoat infratuzilmasiga uyuştirilgan ehtimoliy hujum bilan boğlamagan.
Qayd etilişiça, “Saudi Aramco” tasarrufida 60 ta havo kemasi mavjud bölib, uning vertolyotlari butun mamlakat böylab 300 dan ortiq vertodromlarga xizmat körsatadi. Bu mintaqadagi eng yirik korporativ havo flotidan biridir.
Eslatib ötamiz, avvalroq Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida havoda ikki vertolyot töqnaşib ketişi oqibatida olti kişi halok bölgandi. Qurbonlar orasida amerikalik qöşiqçi Oliver Tri ham bor edi.