USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Iroqda 47 nafar mulozim korruptsiyada gumonlanib qölga olindi

60 марта
Ироқда 47 нафар мулозим коррупцияда гумонланиб қўлга олинди

Iroq xavfsizlik kuçlari tomonidan korruptsiyada ayblanib 40 nafardan ortiq yuqori lavozimli amaldor va deputat qölga olindi. Bu haqda Iroq axborot agentligi (INA) xabar berdi.
 
Agentlik malumotlariga köra, ötgan oyning oxiridan beri xuddi şunday ayblov bilan tergov qilinayotgan neft vaziri örinbosari Adnan al-Jumaylining bergan körsatmalari uşbu şaxslarning hibsga olinişiga sabab bölgan.

INA manbasining bildirişiça, hibsga olinganlar orasida parlament deputatlari va hukumat mulozimlari bor. Naşrning aniqlik kiritişiça, gumon ostiga tuşgan parlament azolaridan deputatlik daxlsizligi olib taşlangan.

Agentlikning qayd etişiça, Iroq poytaxti Bağdodda, şuningdek, mamlakatning boşqa hududlarida, jumladan, markaziy Vosit viloyati va şimoldagi Erbil viloyatida jami 47 nafar hokimiyat vakili qölga olingan va ularning uylarida tintuv işlari olib borilmoqda.

Qölga olinganlar orasida “Azim” koalitsiyasi rahbari va deputat Musenna as-Samerrai, şuningdek, deputatlar Ziyad al-Jenabi, Bexa an-Nuri, Muhammad al-Kerbuli, Aliya Nesif, Muhammad Jamil al-Miyaxi, Hasan al-Xafaji, Abdurrahmon al-Luveyzi, Mudar al-Keravi, Hind al-Abbosi, Muhammad Ferman al-Juburi, Buşra al-Qaysi va sobiq deputat Muhammad as-Sayxud bor. Bundan taşqari, amaliyot davomida neft vazirining taqsimot masalalari böyiça örinbosari Ali Marij va Ibrohim as-Sumaydi ham hibsga olingani xabar qilinmoqda.
 
Şu bilan birga, Iroqning Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi davlat mulkiga nisbatan qonunbuzarliklarda ayblanayotgan şaxslarni hibsga oliş töğrisidagi orderlarni ijro etiş boşlanganini elon qilgan. Agentlik bayonotida qayd etilişiça, uşbu amaliyot sud, ijro va qonunçilik hokimiyatlari bilan özaro muvofiqlikda olib borilmoqda, hibsga olişlar esa uzoq muddatli kuzatuvlar, tekşiruvlar va taftişlar natijasidir. Bayonotda barça harakatlar qonuniy doirada amalga oşirilayotgani, amaliyot jamoatçilik qöllab-quvvatlovi ostida hamda Iroq Oliy sud kengaşi, Boş vazir devoni va Parlament devoni bilan yaqin hamkorlikda davom etayotgani alohida takidlangan.

Poytaxt Bağdodda amaliyot davomida xavfsizlik kuçlari hukumat binolari va diplomatik vakolatxonalar joylaşgan hamda kuçaytirilgan tartibda qöriqlanadigan “Yaşil zona”ga kiriş va çiqiş yöllarini tösib qöygan. Şuningdek, deputatlar, sobiq vazirlar, yuqori lavozimli amaldorlar va tadbirkorlarning uylarida bir vaqtning özida reydlar ötkazilgan. Mahalliy manbalarning taxmin qilişiça, amaliyotning ikkinçi bosqiçida tergov doirasiga yanada yuqori darajadagi, yani “birinçi toifali” şaxslar ham kiritilişi mumkin.

Malumot uçun, joriy yilning may oyida lavozimga kirişgan Iroq Boş vaziri Ali Zeydi iroqliklarga yöllagan ilk murojaatida iqtisodiy islohotlar ötkaziş, korruptsiyaga qarşi kuraşiş va davlat xizmatlari sifatini yaxşilaşga vada bergan.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: