Rossiya benzin va aviakerosin eksportini töliq taqiqladi
Rossiyada benzin va aviatsiya kerosini eksportiga vaqtinçalik töliq taqiq joriy etildi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Putin hukumat azolari va yirik energetika kompaniyalari rahbarlari bilan ötkazilgan yiğilişda malum qildi.
Uning sözlariga köra, uşbu çeklov içki bozorni barqarorlaştiriş hamda fuqarolar, korxonalar va ijtimoiy ahamiyatga molik taşkilotlarga yonilğini uzluksiz yetkazib berişni taminlaş maqsadida qabul qilingan.
Hukumat xuddi şunday taqiqni dizel yonilğisi eksportiga ham joriy etiş imkoniyatini körib çiqmoqda.
Vladimir Putin Rossiya neftni qayta işlaş zavodlari maksimal quvvatda işlayotganini, rejali tamirlaş işlarining bir qismi esa keçiroq muddatga köçirilganini qayd etgan. Prognozlarga köra, allaqaçon iyul oyida asosiy yonilği turlarini işlab çiqariş iyun körsatkiçlaridan yuqori böladi.
Prezident, şuningdek, Rossiyada benzin zaxiralari taxminan 1,7 million tonnani taşkil etayotganini – bu deyarli ötgan yilgi darajada ekanini malum qilgan. Şunga qaramay, ayrim hududlarda yonilği quyiş şoxobçalarida navbatlar va ayrim markadagi yonilğilar taminotida uzilişlar saqlanib qolmoqda. Vaziyatni nazorat qiliş uçun hukumat tun-u kun işlaydigan maxsus ştab tuzgan.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov hukumat bir qator davlatlar bilan neft mahsulotlari işlab çiqariş va import qiliş böyiça muzokaralar olib borayotganini malum qilgan. Uning sözlariga köra, agar maqbul narxlarda yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişilsa, bu bozorni barqarorlaştiriş va ortiqça talabni kamaytiriş uçun qöşimça çora bölişi mumkin.
Şu bilan birga, u aynan qaysi davlatlar potentsial yetkazib beruvçi sifatida körilayotganiga aniqlik kiritmagan.
Dmitriy Peskov yonilği bozoridagi vaziyat doimiy nazoratda ekanini ham qayd etgan: sohaviy yiğilişlar har kuni ötkazilmoqda, vitse-premer Aleksandr Novak boşçiligidagi hukumat işçi guruhi esa uşbu masala bilan kundalik rejimda şuğullanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya içki bozordagi yonilği taqçilligi sababli Qozoğiston bilan taxminan 50 ming tonna hajmdagi AI-92 avtobenzinini import qiliş imkoniyati böyiça muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.