Putin Rossiyada yonilği taqçilligi borligini tan oldi
Rossiya neftni qayta işlaş zavodlarining quvvatlari maksimal darajaga yetkazilgan, töplangan yonilği zaxiralari işga solingan, biroq benzin sotib olişdagi qiyinçiliklarni fuqarolar ham, biznes ham boşdan keçirişda davom etmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin keça, 28 iyun kuni Kremlda bölib ötgan rejadan taşqari yiğilişda malum qildi.
“Ham avtoulovçilar, ham biznes uçun muammolar saqlanib qolmoqda: afsuski, yonilği quyiş şoxobçalarida navbatlar ham bor, kerakli markadagi benzinni esa hamişa ham topib bölmayapti. Va albatta, biz yozgi davrda qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilari va fermer xöjaliklari duç kelayotgan qiyinçiliklarni tuşunib turibmiz”, deydi Putin.
Uning sözlariga köra, Rossiyaning deyarli barça hududlarini, şu jumladan, AYoQŞlarda rasmiy çeklovlar joriy qilgan 30 ga yaqin hududni qamrab olgan yonilği inqirozini hal qiliş uçun benzin va aviakerosin eksportiga taqiq qöyilgan. Yirik NQZlardan taşqari kiçik va örta zavodlar quvvatlari ham işga solingan, hozirda esa dizel yonilğisi eksportini ham töxtatiş imkoniyati muhokama qilinmoqda.
“Içki bozorga avval töplangan yonilği hajmlari çiqarildi”, deydi Putin.
Uning sözlariga köra, hozirda mamlakatda benzin zaxiralari 1,7 million tonnani taşkil etmoqda. “Reuters”ning baholaşiça, uşbu hajm yoz oylaridagi 15 kunlik istemolni (kuniga 110 ming tonna) va har kunlik benzin yetişmovçiligining (kuniga 25 ming tonna) taxminan ikki oylik örnini qoplaydi.
“Iyul oyida asosiy yonilği turlarini işlab çiqariş iyun körsatkiçlaridan yuqori bölişi kerak, biroq yonilği bozorini barqarorlaştiriş uçun joriy çaqiriqlar kölamiga mos keladigan tizimli çoralar zarur”, deydi Putin.
“Reuters”ning baholaşiça, Rossiya Belarusdan allaqaçon oyiga 100-150 ming tonna benzin sotib olmoqda. Bundan taşqari, Qozoğiston bilan ham muzokaralar olib borilmoqda, vaholanki u yerda nazariy jihatdan Rossiya bozoriga benzin yetkazib berişga faqat bittagina NQZ tayyor.
Iqtisodçi Kirill Rodionovga köra, Rossiya neftini sotib olayotgan Xitoy va Hindiston Rossiyaga yonilği yetkazib beruvçi roliga asosiy davogarlarga aylanmoqda. Biroq muammo şundaki, uzoq xorijdan olib kelinadigan yonilği Rossiya işlab çiqaruvçilarining mahsulotidan sezilarli darajada qimmatroq böladi.
Hukumat dempfer mexanizmi doirasida neftçilarga byudjetdan kompensatsiya tölagan holda benzin importini subsidiyalaşni rejalaştirmoqda. Biroq importçilarga beriladigan subsidiyalar olib kirilayotgan yonilğining Rossiyada istemolçilar uçun odatiy bölgan darajadan ança yuqori narxlarda sotilmasligiga heç qanday kafolat bermaydi.
“Reuters”ning baholaşiça, iyun oyida Rossiyada yonilği işlab çiqariş yillik hisobda 25 foizga tuşib ketgan va hozirda içki istemoldan taxminan 20 foizga orqada qolmoqda. Sönggi ikki oy içida yirik neftni qayta işlaş zavodlari orasida hujumlarga uçramagan va töliq quvvat bilan işlaşda davom etayotgan yagona korxona – yillik quvvati 22 million tonna bölgan Omsk NQZsi bölib turibdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya poytaxti Moskvada benzin tanqisligi sabab haydovçilar avtoyonilği quyiş şoxobçalarida soatlab navbat kutayotgani haqida xabar berilgan edi.