USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yonilği taqçilligi tufayli Qozoğiston çegarada nazoratni kuçaytiradi

111 марта
Ёнилғи тақчиллиги туфайли Қозоғистон чегарада назоратни кучайтиради

Qozoğistonda mamlakat içida yonilği taqçilligiga yöl qöymaslik maqsadida çegaralardagi nazorat kuçaytirilmoqda. Bunday topşiriqni mamlakat Boş vazir Oljas Bektenov bergan. Bu haqda “Ulysmedia.kz” xabar berdi.

Qayd etilişiça, hozirgi vaqtda mamlakatdagi barça neftni qayta işlaş zavodlari odatiy tartibda işlamoqda. Rasmiy malumotlarga köra, Qozoğistondagi benzin, dizel va aviatsiya yonilğisi zaxiralari 1 million tonnadan oşadi.

Yonilği bilan boğliq vaziyat fonida Boş vazir çegaralardagi nazoratni kuçaytiriş hamda yoqilği-moylaş materiallarining noqonuniy olib çiqib ketilişining oldini oliş uçun qöşimça çoralar köriş böyiça topşiriq bergan. Hukumat buni içki bozorda barqaror zaxiralarni saqlab qolişning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblaydi.

Içki işlar vazirligi malumotlariga köra, faqatgina sönggi bir oy içida qariyb 12 tonna yoqilği-moylaş materiallari olib çiqib ketilişining oldi olingan. Bundan taşqari, huquq-tartibot idoralari xodimlari yonilğini noqonuniy olib çiqişda foydalanilişi mumkin bölgan benzin baklari qayta jihozlangan 54 ta avtomobilni aniqlagan.
 
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva şahridagi bir qator avtoyonilği quyiş şoxobçalarida (AYoQŞ) yonilği sotişga çeklovlar joriy etilgani haqida xabar berilgan edi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: