Qozoğiston Özbekistonga benzin eksport qilişni rad etdi
23-09-2025, 17:47
133 марта

Qozoğiston Özbekistonga benzin eksport qilişni rad etdi
Qozoğiston Energetika vazirligi yoqilği eksportiga taqiq kuzatilayotgani hamda benzin Özbekistonga ham, boşqa davlatlarga ham yetkazib berilmayotganini aytdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, vazirlik 2025 yilning bahorida Özbekistonga ortiqça AI-92 benzini yuborilgan bir voqeani eslagan. Öşanda saqlaş joyi bölmagan “ortiqça” benzin Özbekistonga sotilgan. Vazirlikning iddao qilişiça, benzin eksportiga qöyilgan taqiq mamlakatdagi yoqilği zahiralarini sezilarli darajada oşirgan. Yoz boşiga kelib, AI-92 zahiralari qariyb 70 foizga, dizel zahirasi esa 78 foizga oşdi. Hozirgi vaqtda yoqilği bozori barqaror, taqçillik yöq.
“Bu standart xalqaro amaliyot bölib, saqlaş joylarini optimallaştiriş imkonini beradi va byudjetga qöşimça soliq tuşumlarini keltirib çiqargan edi”, deyiladi xabarda.
Qozoğiston 19 may kuni benzin, dizel yoqilğisi va boşqa neft mahsulotlarini eksport qilişni taqiqlagan edi. Uşbu çeklovlar olti oy davomida amal qiladi. Vazirlikning yozişiça, neftni qayta işlaş zavodini tamirlaşdan oldin strategik zaxiralarni töplaş maqsadida iyun oyidan boşlab eksport butunlay töxtatilgan.
22 sentyabr kuni OAVda Qozoğiston qöşni davlatlarga noqonuniy benzin eksporti tufayli yana yoqilği quyiş şoxobçalariga benzin yetkazib berişda muammolarga duç kelişi mumkinligi haqida xabarlar paydo bölgandi. Şuningdek, Özbekiston Qozoğiston benzinini Rossiyadan import kamaygan bir paytda faol xarid qila boşlagani aytilgandi.