USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston eng arzon yonilği böyiça dunyoning 127 davlati orasida 30-örinni egalladi

109 марта
Özbekiston eng arzon yonilği böyiça dunyoning 127 davlati orasida 30-örinni egalladi

Joriy yilning 14 sentyabr holatiga köra, Özbekiston eng arzon yonilği böyiça dunyoning 127 davlati orasida 30-örinni egalladi. Bu haqda “Ranking.kz” xabar berdi.


Özbekistonda bir litr benzinning örtaça narxi 0,98 dollarni taşkil qildi.

Eng arzon benzinga ega beşlikka Liviya, Misr, Quvayt, Jazoir va Özbekistonga qöşni Qozoğiston kirdi. Eng yuqori narxlar Myanma, Gonkong va Islandiyada qayd etilgan.

MDH davlatlari orasida benzin Özbekistonnikidan arzonroq bölgan davlatlar ham bor. Bular Qozoğiston (bir litr benzin uçun 0,46 dollar), Ozarbayjon (0,67 dollar), Rossiya (0,72 dollar), Belarus (0,76 dollar) va Qirğiziston (0,82 dollar).

Şu bilan birga, bir litr benzin Özbekistonga nisbatan Tojikiston (1,11 dollar), Armaniston (1,36 dollar), Ukraina (1,38 dollar) va Moldovada (1,44 dollar) qimmatroq.

Ayni paytda jahonning 397 şahri orasida Özbekiston poytaxti Toşkent eng arzon benzin (litriga 0,99 dollar) böyiça 90-örinni egalladi. Reytingga kiritilgan MDH şaharlari orasida eng past narxlar Ostonada (0,46 dollar), eng yuqori narxlar Kişinyovda (1,44 dollar) qayd etilgan.

Ayni paytda benzin böyiça dunyodagi eng qimmat şaharlar Gonkong, Reykyavik va Amsterdam, eng arzonlari esa Tripoli, Jazoir, Iskandariya, Qohira va Quvayt Siti hisoblanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: