Özbekiston ruhiy salomatlik böyiça reytingda oxirgi örinlardan birini egalladi
15-07-2025, 20:43
278 марта
Özbekiston ruhiy salomatlik böyiça reytingda oxirgi örinlardan birini egalladiMental State of the World xalqaro tadqiqotiga köra, Özbekiston 83 davlat orasida ruhiy salomatlik va farovonlik böyiça 74-örinni egalladi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida umumiy ruhiy holat oğirligiça qolayotgan bölsa-da, Özbekiston mintaqada nisbatan yaxşi natijani qayd etgan.
Qöşni davlatlar orasida Qozoğiston 52,3 ball bilan 76-örinni, Qirğiziston 51,2 ball bilan 79-örinni, Tojikiston esa 51,2 ball bilan 80-örinni egallagan.
Özbekistonning körsatkiçi esa 54,5 ballni taşkil etgan. Taqqoslaş uçun, dunyo böyiça örtaça ruhiy salomatlik indeks 63 ball bölib, bu insonlar oyiga örtaça 21 kun özini faol va barqaror his qilişini anglatadi. Markaziy Osiyo davlatlari esa bu körsatkiçdan ança orqada qolmoqda.
Eng yuqori natijalarni Dominikan Respublikasi ( 89 ball), Tanzaniya (85,2 ball) va Panama (84,4 ball) qayd etgan:
Şuningdek, uruş holatida bölişiga qaramay, Ukraina (70-örin, 55,6 ball), Rossiya (24-örin, 73,8 ball) va Isroil (4-örin, 84,2 ball)da ham ruhiy salomatlik darajasi nisbatan yuqori ekani aniqlangan.
Muttaxassislar fikriça, global miqyosda ruhiy holatning yomonlaşuviga bir neçta omillar sabab bölmoqda: doimiy xavotir, tuşkunlik, jismoniy va hissiy çarçoq, yolğizlik hamda hal qilinmagan içki muammolar.
Malumotlarga köra, bugungi kunda yer yuzidagi har sakkizinçi odam — yani 1 milliarddan ortiq inson — ruhiy salomatlik bilan boğliq muammolardan aziyat çekmoqda. Eng zaif qatlam esa ösmirlar bölib, ruhiy kasalliklarning yarmi 14 yoşgaça paydo böladi.