USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonliklar 3 xonali uy olişi uçun 16 yil yemay, içmay işlaşi kerak

304 марта

Özbekistonliklar 3 xonali uy olişi uçun 16 yil yemay, içmay işlaşi kerak

Toşkent markazida yaxşi tamirlangan uç xonali xonadonlarning örtaça narxi – 97 ming dollar. Bu haqda moliyaviy tadqiqotlar bilan şuğullanuvçi Finder portali malumotlarida keltirilgan.


Eng arzon uy qaysi davlatda?

Buyuk Britaniyaning moliyaviy tadqiqotlar bilan şuğullanuvçi Finder portali malumotlariga köra, 2025 yilda şahar markazida joylaşgan 59 kvadrat metrli, 2 yotoqxona va 1 zalga ega 3 xonali apartamentning narxi 123 ta davlat örganilganda örtaça 208,5 ming dollar bölgan.

Xuddi şu tipdagi eng arzon uy Kubada örtaça qiymatdan 9 baravar arzon bölsa, eng qimmati Singapurda – örtaça narxlardan 6,5 baravar yuqori.

123 ta davlatga aloqador malumotlar asosida tuzilgan reytingda Kuba, Venesuela, Pokiston, Liviya va Bangladeş bu kabi apartament narxlari böyiça eng arzon beşlikda bölsa, Singapur, Şveytsariya, Janubiy Koreya, Lyuksemburg va Tayvan eng qimmat uylar sotiladigan beşlikka kiritilgan. Özbekiston esa bu röyxatning 84-örnida.

Şuningdek, reytingdagi ayrim davlatlarda örtaça narxlar quyidagiça:

Rossiya – 193,5 ming dollar;
Turkiya – 125,4 ming dollar;
Ozarboyjon – 119,9 ming dollar;
Belarus – 111,8 ming dollar;
Gruziya – 96,8 ming dollar;
Özbekiston – 96,8 ming dollar;
Qirğiziston – 84,5 ming dollar;
Qozoğiston – 76,3 ming dollar;
Tojikiston – 54,5 ming dollar.

Oylik maoş miqdoriçi?

Uy narxlari keltirilgan davlatlarda aholining örtaça oylik iş haqi taxminan quyidagiça:

Rossiya – 1250 dollar;
Qozoğiston – 830 dollar;
Belarus – 819 dollar;
Gruziya – 803 dollar;
Ozarboyjon – 645 dollar;
Turkiya – 575 dollar;
Qirğiziston – 522 dollar;
Özbekiston – 482 dollar;
Tojikiston – 288 dollar.

Bu raqamlardan kelib çiqib, uşbu davlatlardagi örtaça daromadli aholining 3 xonali apartament uyga erişiş uçun sarflaydigan muddatini hisoblaş mumkin. Yani oylik örtaça daromad boşqa heç narsaga sarflanmay, faqat uy uçun yiğilgan taqdirda:

Qozoğistonliklar – 7 yil-u 8 oyda;
Gruziyaliklar –10 yilda;
Belarusliklar – 11 yil-u 2 oyda;
Rossiyaliklar – 12 yil 11 oyda;
Qirğizistonliklar – 13 yil-u 6 oyda;
Ozarboyjonliklar – 15 yil-u 6 oyda;
Tojikistonliklar – 15 yil-u 9 oyda;  
Özbekistonliklar 16 yil-u 9 oyda;
Turkiyaliklar – 18 yil-u 2 oyda öz uylariga ega bölişlari mumkin bölar ekan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: