Xorazmda uy oliş uçun neça yil işlaş kerak?
6-09-2025, 13:44
1 762 марта
Xorazmda uy oliş uçun neça yil işlaş kerak?Özbekiston böyiça örtaça iş haqi 2025-yilning yanvar–iyul oylarida 5 million 982 ming sömni taşkil etdi. Hududlar kesimida esa katta tafovutlar mavjud: Toşkent şahrida örtaça iş haqi 10 million 138 ming söm bölsa, Xorazm viloyatida bu körsatkiç 4 million 720 ming söm atrofida.
Sönggi yillarda oylik maoşlar oşayapti, ammo uy-joy narxlarining ham keskin kötarilişi kuzatilmoqda. Xorazm viloyatida 2022-yilning birinçi çoragidan buyon uy narxlari 94 foizga qimmatlaşgan, şu davr içida esa iş haqlari 66 foizga oşgan. Bu esa aholining uy sotib oliş imkoniyatiga bevosita tasir körsatmoqda.
Statistikaga köra, Xorazmda 60 kvadrat metrli ikki xonali uy sotib oliş uçun örtaça 6 yil 10 oy mobaynida oylik iş haqi yiğilişi kerak. Bu körsatkiç respublika böyiça örtaça darajadan yuqori bölib, Xorazmda örtaça maoşga işlayotgan fuqaro uy-joy sotib olişda ança qiyinçilikka duç kelişini körsatadi.
Taqqoslaş uçun, Toşkent şahrida örtaça iş haqi yuqori bölgani sababli 60 kvadrat metrli uyni 7 yil 2 oyda sotib oliş mumkin bölsa, Navoiyning yuqori maoş darajasi tufayli bu muddat atigi 4 yil 10 oyni taşkil etadi. Samarqand viloyatida esa uy-joy narxlari keskin qimmat bölgani bois, odamlar örtaça 12 yil 7 oy işlaşlari kerak.
Xorazmda uy-joy sotib oliş muddati Qaşqadaryo va Sirdaryo bilan taqqoslaganda biroz qulayroq bölsa-da, respublika böyiça örtaça darajadan yuqori qolmoqda. Mutaxassislarning fikriça, uy-joy bozoridagi narxlarni barqarorlaştiriş, aholining daromadlarini oşiriş va ipoteka dasturlarini kengaytiriş orqali fuqarolarning uy oliş imkoniyatlari yaxşilanişi mumkin.