Özbekistonda örtaça iş haqi oşdi
25-07-2025, 14:22
1 108 марта

Özbekistonda örtaça iş haqi oşdi
2025 yilning birinçi yarmida Özbekistonda iş haqi örtaça 6 million sömga yaqinlaşdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.Qömitaga köra, bu körsatkiç aynan 5 mln 982 ming sömni taşkil qilgan. Bu ötgan yilgi şu davrga nisbatan 17 foizdan köproqqa oşgan.
Qayd etilişiça, eng köp maoş oladiganlar Toşkent şahrida – 10 milliondan ortiq. Undan keyin Navoiy viloyati (7,48 mln) va Toşkent viloyati (5,67 mln) örin olgan. Qaşqadaryoda esa bu raqam eng past – 4,1 million söm atrofida.
Sohalar böyiça farqlar ham sezilarli. Moliyaçilar va suğurta tizimida işlaydiganlar örtaça 16 milliondan ortiq maoş oladi. Axborot va aloqa sohasi ham yetakçilar qatorida – bu yerda maoş 14 milliondan yuqori. Eng katta maoş esa dasturçilarda – 19 milliondan ortiq.
Soğliqni saqlaş sohasida işlaydiganlar örtaça 3,6 million söm maoş olayotgani aytilgan. Oliy öquv yurtlarida işlovçilar 9,5 million atrofida olsa, boğçalarda bu raqam bor-yöği 2,2 millionni taşkil etadi. Sanat, köngil oçiş va dam oliş yönalişlarida örtaça oylik iş haqi 5,03 mln sömni taşkil etmoqda.