USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Poytaxtdan uy sotib oliş uçun 15 yil kerak böladi

454 марта

Poytaxtdan uy sotib oliş uçun 15 yil kerak böladi

2021–2024 yillar davomida aholi daromadlari 87% ga ösgan bölsa, uy-joy narxlari 44% ga kötarildi. Bu esa öz navbatida, aholining uy-joy sotib oliş qobiliyati yaxşilanganini körsatadi. Ammo bu umumiy raqamlardir. Asl holat har bir hududda turliça — kimdir 7 yilda uy oliş imkoniga ega bölsa, boşqasi uçun bu orzu deyarli 15 yilga çöziladi.
Masalan, Sirdaryo viloyati aholisi örtaça hisobda 7 yilda uy-joy sotib olişi mumkin. Bu respublika miqyosida eng qisqa muddatli körsatkiç bölib, 2021 yilda bu raqam 9 yilni taşkil etgan. Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ham uy-joy xaridi uçun qulay hududlardir. Mazkur viloyatlarda uy oliş uçun tegişli daromadni yiğiş muddati taxminan 7,6 yilni taşkil qiladi. Farğona viloyatida bu körsatkiç 7,3 yilga, Surxondaryoda esa 8,2 yilga teng bölib, aholi uçun imkoniyatlar nisbatan yaxşilangan.
Andijon, Namangan, Jizzax, Qoraqalpoğiston Respublikasi kabi hududlarda ham ijobiy siljişlar bor. Namanganda 2021 yilgi 12,6 yillik körsatkiç 10 yilga tuşgan. Xuddi şunday, Andijonda 12,9 yillik davr hozirda 10,2 yilga qisqargan. Qoraqalpoğistonda esa bugun uy sotib oliş uçun 7,4 yil kerak böladi, bu esa ötgan yillardagiga nisbatan yaxşiroq körsatkiç.

Toşkent viloyatida örtaça körsatkiç 11 yil atrofida. Navoiyda esa bu raqam 11,3 yilga teng. Buxoroda esa bu muddat 10.4 yil bölib, deyarli özgarmagan.

Respublika böyiça örtaça körsatkiç esa 9,9 yilni taşkil etadi. Bu 2021 yildagi 11 yillik davrga nisbatan yaxşilanişni anglatadi.
Şunga qaramay, ayrim hududlarda uy-joy oliş hamon juda murakkab. Jumladan, poytaxt Toşkent şahrida uy oliş uçun örtaça 14,9 yil kerak. Bu mamlakat miqyosidagi eng yuqori körsatkiçdir. 2021 yilda bu raqam 17,8 yil edi, yani ijobiy siljiş bor, ammo uy-joy narxlari daromadlarga nisbatan juda yuqoriligiça qolmoqda. Samarqand viloyatida ham şunga öxşaş holat kuzatiladi. Mazkur hudda uy sotib oliş uçun 13.9 yil kerak böladi, bu esa aholining uy-joy sotib oliş imkoniyati pastligini körsatadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: