USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonliklar asosan nima uçun kredit olyapti?

856 марта

Özbekistonliklar asosan nima uçun kredit olyapti?

Aholining katta qismi kredit qarzlarini öz vaqtida tölaşda qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Bu haqda Markaziy bankning 2024 yil uçun elon qilingan moliyaviy barqarorlik şarhida malumot berilgan.


Joriy yil boşida Markaziy bank tomonidan ötkazilgan sörovnoma orqali aholining bank va bankdan taşqari qarz majburiyatlari böyiça moliyaviy yuklama darajasi aniqlangan.
Sörovda jami 3 546 nafar respondent iştirok etgan. Ularning yarmida oiladagi azolar soni 4−5 kişini taşkil qiladi. Sörov iştirokçilari asosan moliya, talim, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, savdo va boşqa sohalarda mehnat faoliyatini olib boradi.
Ular orasida örtaça oylik daromadi 12 million sömgaça bölgan oilalarning uluşi 78 foizni taşkil etadi. Şulardan 24 foizi qöşimça daromadga ega bölib, ularning 56 foizi qöşimça daromad sifatida oyiga 4 million sömgaça mablağ topadi.

Sörov natijalariga köra, iştirokçilarning 73 foizi özi yoki oila azolari orqali bank yoki bankdan taşqari kredit majburiyatlariga ega ekanini bildirgan. Ularning 64 foizi banklardan qarzdor bölsa, 19 foizida bankdan taşqari manbalardan olingan qarzlar ham mavjud.

Qarz mablağlari asosan uy-joy sotib oliş yoki tamirlaş, avtomobil xaridi hamda istemol tovarlarini sotib oliş uçun jalb qilingan bölib, bu maqsadlar uçun qarz olganlar uluşi 43 foizni taşkil etadi. Töy, davolaniş yoki xususiy tadbirkorlik uçun qarz olganlar esa 5 foizga ham yetmaydi.

Sörovda qatnaşganlarning 70 foizi oylik kredit tölovi 6 million sömgaça ekanini bildirgan. Ularning çorak qismi esa har oy 2−4 million söm tölaydi. Respondentlarning 55 foizida kredit muddati 2−3 yil, 5 yil va undan ortiqni taşkil etadi.

64 foiz aholining takidlaşiça, ular kredit majburiyatlarini belgilangan muddatda tölaşda moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Şuningdek, ularning yarmiga yaqini yaqin 6 oy içida tölov qobiliyati yaxşilanişini kutayotganini bildirgan. 41 foiz iştirokçi heç qanday özgariş bölmasligiga işonadi, 11 foizi esa vaziyat yomonlaşadi deb hisoblaydi.
Sörovdan malum bölişiça, aholi orasida kelgusi 6 oyda yana qarz oliş ehtiyoji borligini bildirganlar uluşi 20 foizni taşkil etgan. Ular oladigan mablağlarni asosan uy-joy xaridi yoki tamirlaşga yönaltirişni rejalaştirmoqda.

Markaziy bank malumotiga köra, bankdan taşqari qarzlar ham inobatga olingan holda, banklarga kredit majburiyatiga ega respondentlarning örtaça qarz yuklama darajasi 73 foizga teng.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: