USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Moskvada benzin va dizel sotuviga limit qöyildi

105 марта
Москвада бензин ва дизель сотувига лимит қўйилди

Rossiyaning Moskva şahridagi bir qator avtoyonilği quyiş şoxobçalarida (AYoQŞ) yonilği sotişga çeklovlar joriy etildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Naşr malumotlariga köra, “Tatneft” AYoQŞlarida bir mijozga 20 litrdan köp bölmagan AI-92 va AI-95 benzini, şuningdek, 40 litrgaça dizel yonilğisi berilmoqda. “Rosneft” yonilği quyiş şoxobçalarida limit bitta bak yoki kanistra uçun 90 litrgaça, “Lukoyl” AYoQŞlarida esa bitta çek uçun 100 litrgaçani taşkil etmoqda.

Bundan oldin çeklovlar ORTK tarmoğida ham amal qilgan bölib, u yerda bir xaridorga benzin beriş 60 litr, dizel yonilğisi esa 100 litr bilan çeklangan. Hozirgi vaqtda kompaniya uşbu çoralar bekor qilinganini davo qilmoqda.

Rossiya OAVlarining xabar berişiça, sönggi haftalarda mamlakatning bir qator boşqa hududlarida ham yonilği sotişga çeklovlar joriy etila boşlagan. Uşbu vaziyat fonida Kreml ayrim hududlarni benzin bilan taminlaşda qiyinçiliklar mavjudligini tan olgan va rasmiylar vaziyatni barqarorlaştiriş ustida iş olib borayotganini malum qilgan.

“Bloomberg”ning qayd etişiça, çeklovlar Rossiya neftni qayta işlaş infratuzilmasiga qilingan dron hujumlaridan keyin yonilği yetkazib berişdagi muammolar va neftni qayta işlaş hajmining kamayişi fonida joriy etilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatidagi Kstovo şahriga hujum uyuştirgandi. Uşbu hujum “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez” yirik neftni qayta işlaş zavodiga qaratilgan bölib, hujum oqibatida hududda yonğin yuzaga kelgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: