Iroq benzin, dizel va kerosin importini töxtatdi
5-11-2025, 08:09
178 марта

Iroq benzin, dizel va kerosin importini töxtatdi
Iroq hukumati 4 noyabr kuni benzin, dizel va kerosin importini töxtatiş haqida qaror çiqardi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.Mamlakat endilikda uşbu turdagi yonilği turlari bilan özini töliq taminlay oladi. Boş vazir Muhammad Şiyo as Sudani mazkur qaror böyiça hujjat imzolagan.
“Neft vazirligi benzin, dizel va kerosin işlab çiqarişda içki ehtiyojdan ortiq hajmga erişib, töliq özini taminlaşga muvaffaq böldi”, degan vazir.Rasmiylarga köra, bu qaror Iroqning neft sohasi rivojlanayotganini va mamlakatning xalqaro miqyosdagi rolini mustahkamlaşini körsatadi. Iroq OPEK (Neft eksport qiluvçi mamlakatlar taşkiloti)dagi ikkinçi yirik neft işlab çiqaruvçi davlat bölib, kuniga 3,6 million barrel neft eksport qiladi.