Moskvada benzin tanqisligi sabab uzun navbatlar yuzaga keldi
Rossiya poytaxti Moskvada benzin tanqisligi sabab haydovçilar avtoyonilği quyiş şoxobçalarida soatlab navbat kutmoqda. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, yonilği inqirozi Rossiyaning aksariyat hududlarini, jumladan, Moskvani ham qamrab olgan. Sönggi kunlarda köplab AYoQŞlarda uzun navbatlar kuzatilmoqda. Faqat dizel yonilğisi sotilayotgan şoxobçalarda esa bunday tirbandlik mavjud emas.
Ayrim AYoQŞ xodimlari foto va video tasvirga olişni taqiqlamoqda. Ular buni avtoyonilği quyiş şahobçalari “maxsus obekt” hisoblanişi bilan izohlagan.
Naşr malumotlariga köra, “Lukoyl” tarmoğiga qaraşli AYoQŞlarning aksariyati yo vaqtinça yopilgan, yoki faqat dizel yonilğisini sotmoqda. “Neftmagistral” tarmoğida esa benzinning barça turlari mavjud emas. “Gazprom”ning ayrim AYoQŞlari işlayotgan bölsa-da, ularda AI-92 benzini tugagan yoki faqat dizel sotilmoqda.
Eng barqaror vaziyat “Rosneft” tarmoğida kuzatilmoqda. Bu yerda köplab AYoQŞlarda benzin mavjud, ammo bir xaridorga köpi bilan 50 litrdan sotilmoqda. Şu bilan birga, ayrim şahobçalarda AI-92 benzini tanqisligi ham qayd etilgan.
Naşrning yozişiça, “Rosneft”ning bazi AYoQŞlari yangi yoqilği partiyasini kutiş uçun vaqti-vaqti bilan taxminan bir soatga faoliyatini töxtatmoqda. Şunga qaramay, haydovçilar benzin sotuvi qayta tiklanişini kutib, navbatlarda qolişda davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya içki bozordagi yonilği taqçilligi sababli Qozoğiston bilan taxminan 50 ming tonna hajmdagi AI-92 avtobenzinini import qiliş imkoniyati böyiça muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi.