USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Gitlerning bunkeri örnida turarjoy binosi qurilişi mumkin

116 марта
Гитлернинг бункери ўрнида тураржой биноси қурилиши мумкин

Berlinda rejalaştirilayotgan quriliş loyihasi ayni paytda katta bahs-munozaralarga sabab bölmoqda. Rejaga köra, Gitlerning sobiq Yangi reyxskantselyariyasi bunkeri turarjoy binolariga joy böşatib berişi kerak. Bu haqda “Kronen Zeitung” gazetasi xabar berdi.

Malumotlarga köra, uşbu yer maydonida 66 ta xonadondan iborat yetti qavatli uy, şuningdek, olti qavatli ofis binosi quriş rejalaştirilgan.

Berlinning quriliş masalalari böyiça senatori Kristian Gebler obektni buzib taşlaş tarafdori bölib çiqmoqda. Uning hisoblaşiça, u yerda turarjoy quriş lozim. Aks holda, bunker yangi “ziyoratgoh” markaziga aylanib qolişi mumkin.

Yodgorliklarni muhofaza qiliş davlat boşqarmasi nuqtai nazaridan esa, uşbu bunker tarixiy va ilmiy ahamiyatga ega. U Yangi reyxskantselyariya qurilişidan keyin saqlanib qolgan uruşdan oldingi oxirgi boşpana hisoblanadi.

Yodgorliklar böyiça davlat kengaşi, şuningdek, ekspertlar guruhi 2025 yil mart oyida bunkerni saqlab qoliş va uni yodgorliklar röyxatiga kiritiş maqsadga muvofiqligini bildirgan. Tavsiyanomada Yangi reyxskantselyariya Ikkinçi jahon uruşini rejalaştiriş maskani va uning boşlaniş nuqtasi, şuningdek, natsistlar rejimini halokatli yakunining ramzi bölgani qayd etilgan.

Bungaça Senatning şaharsolikni rivojlantiriş va turarjoy qurilişi boşqarmasi bunkerni yodgorlik sifatida tan olmagan.

Germaniya tarix muzeyi malumotlariga köra, Yangi reyxskantselyariya Berlindagi natsistlar rejimining monumental hukumat va vakillik binosi bölib, Adolf Gitler uni özining hukmronlik davolarining memoriy ramzi sifatida qurgan. Fossştrasse köçasidagi uşbu bino 1934 yilda qurila boşlangan va atigi ön ikki oy içida deyarli töliq bitkazilgan. Buning uçun butun bir şahar kvartali buzib taşlangan. 1945 yilda devonxona Qizil armiya tomonidan egallanib, 1949 yilda butunlay vayron qilingan.

Malumot uçun, Adolf Gitler (1889–1945) – Germaniyaning siyosiy va davlat arbobi, diktator, natsizm (milliy-sotsializm) mafkurasining asosçisi va Ikkinçi jahon uruşini boşlab bergan asosiy şaxs bölib, u insoniyat tarixidagi eng şafqatsiz tiranlardan biri hisoblanadi. Asli kelib çiqişi avstriyalik bölgan Gitler Birinçi jahon uruşida oddiy askar sifatida qatnaşgan va uruşdan keyin Germaniya Milliy-sotsialistik işçilar partiyasiga rahbarlik qila boşlagan. Iqtisodiy va siyosiy inqirozlardan foydalanib, u 1933 yilda qonuniy yöl bilan Germaniya reyxskantsleri etib tayinlangan, biroq tez orada mamlakatdagi barça demokratik institutlarni tugatib, mutlaq diktaturaga asoslangan Uçinçi reyx davlatini örnatgan.

Gitlerning dunyoga hukmronlik qiliş va Germaniya hududlarini kengaytirişga qaratilgan tajovuzkor taşqi siyosati oqibatida 1939 yil 1 sentyabrda Polşaga hujum qilingan va bu bilan Ikkinçi jahon uruşi boşlangan. Uning öta şafqatsiz irqiy nazariyasi millionlab beayb insonlarning tizimli ravişda qirib taşlanişiga olib kelgan – Gitler tomonidan taşkil etilgan ölim lagerlarida 6 millionga yaqin yahudiy va boşqa millat vakillari genotsid qilingan, bu voqea tarixga Xolokost nomi bilan kirgan. Uruş yakunida, 1945 yil bahorida Ittifoqçilar qöşinlari Berlinni qurşovga olganda, Gitler mağlubiyatni tan olişdan va asir tuşişdan qörqib, 30 aprel kuni öz bunkerida xotini Yeva Braun bilan birga öz joniga qasd qilgan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: