Urgançdagi «Olimpiya» mahallasida norozilik: Bolalar maydonçasi örnida bino qurilmoqda(mi?)
8-06-2026, 13:24
357 марта
Urgançdagi «Olimpiya» mahallasida norozilik: Bolalar maydonçasi örnida bino qurilmoqda(mi?)Urganç şahridagi «Olimpiya» mahallasi aholisi örtasida norozilik kayfiyati yuzaga keldi. Bunga mahalla hududidagi bolalar maydonçasi örnida boşlangan yangi bino qurilişi sabab bölgan.
Aholining sözlariga köra, köp yillardan buyon farzandlari va nabiralari öynab kelayotgan yagona soğlomlaştiriş va dam oliş maskani — bolalar maydonçasi buzib taşlangan va u yerda quriliş işlari boşlab yuborilgan.
«Bolalar qayerda öynaydi?» — Mahalla ahli xavotirda
Mahalla faollari va ota-onalarning takidlaşiça, qurilayotgan uşbu bino katta ehtimol bilan xususiy uy-joy mulkdorlari şirkati (XUJMŞ) uçun möljallangan bölişi mumkin. Ammo mahalla ahli uçun bu bahona taskin berayotgani yöq.
"Bizga bino qurilayotganini, evaziga bolalar maydonçasi mahallaning boşqa hududidan qurib berilişini aytişmoqda. Lekin yangi maydonça qaçon quriladi, umuman quriladimi-yöqmi, bunisi bizga qoronğu. Hozir esa issiq kunlarda bolalarimizning öynaşga joyi qolmadi", — deydi şu mahallada uzoq yillardan beri yaşovçi fuqarolardan biri.
Qonuniylik va muqobil variantlar masullar etiborida(mi?)Şaharsozlik normalariga köra, har qanday köp qavatli uylar atrofida bolalar va aholi hordiq çiqarişi uçun yaşil maydon hamda öyingohlar bölişi şart. «Olimpiya» mahallasidagi uşbu holat esa quyidagi savollarni yuzaga keltirmoqda:
1 Aholi gapirayotgan şirkat binosi aynan bolalar maydonçasi örnida qurilişi şartmidi? Boşqa böş joy topilmadimi?
2 Yangi vada qilinayotgan bolalar maydonçasining loyihasi va quriliş muddatlari aniqmi?
Mahalla ahli uşbu masala yuzasidan Urganç şahar hokimligi va tegişli quriliş nazorati taşkilotlaridan rasmiy munosabat hamda vaziyatga adolatli yeçim kutib qolmoqda.
Sayt tahririyati voqealar rivojini kuzatişda davom etadi.