Urgançdagi xavfli bino yuzasidan deputatlar örganiş olib bormoqda
8-04-2026, 11:46
951 марта
Urgançdagi xavfli bino yuzasidan deputatlar örganiş olib bormoqdaIjtimoiy tarmoqlarda “Urganç şahri «Yangiobod» mahallasidagi tugallanmagan bino — bolalar uçun xavf manbai” sarlavhasi ostida tarqalgan lavha jamoatçilik etiborini tortdi. Mazkur holat yuzasidan deputatlar tomonidan örganiş işlari boşlandi.
Malum bölişiça, uşbu masala Urganç şahar «Yangiobod» mahallasi aholisi tomonidan kötarilgan bölib, u joydagi tugallanmagan quriliş obekti atrofida xavfsizlik çoralari deyarli körilmagan.Xalq deputatlari Urganç şahar Kengaşi raisi, deputat P.Röziboyev hamda deputat B.Allabergenovlar uşbu holatni joyiga çiqib, atrofliça örganmoqda.
Örganişlar davomida aniqlanişiça, mazkur bino atrofida himoya tösiqlari örnatilmagan, binoga kiriş esa oçiq holda qolgan. Bu esa, ayniqsa, bolalar uçun jiddiy xavf tuğdirmoqda. Mahalla aholisi ham uşbu holatdan xavotir bildirib, tezkor çora körişni söramoqda.
Hozirda uşbu obektning mulkdori kim ekani, şuningdek, quriliş işlari nima sababdan töxtab qolgani yuzasidan tegişli idoralarga deputatlik sörovlari yuboriş rejalaştirilgan.Muammo yuzasidan masul taşkilotlar tomonidan qanday çoralar körilişi esa jamoatçilik nazoratida qolmoqda.