Urgançda daraxt kesilişi holati örganilmoqda
15-03-2026, 12:26
364 марта
Urgançda daraxt kesilişi holati örganilmoqdaIjtimoiy tarmoqlarda “Urganç şahrida ommaviy daraxtlar kesildimi?” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar jamoatçilik orasida muhokamalarga sabab böldi. Unda Urganç şahrining Xonqa köçasida joylaşgan daraxtlarning kesilişi bilan boğliq holatlar aks etgan.
Mazkur holat jamoatçilik etiroziga sabab bölayotgani hamda bugungi kunda dolzarb masala ekanini inobatga olib, xalq deputatlari Urganç şahar Kengaşi deputatlari tomonidan örganiş işlari olib borilmoqda.
Malum qilinişiça, örganiş jarayonida xalq deputatlari Urganç şahar Kengaşi raisi P. Röziboyev, Ekologiya va iqlim özgarişi Xorazm viloyati boş boşqarmasining Urganç şahar bölimi rahbari T. Tajibayev, şuningdek hududdan şahar Kengaşiga saylangan deputat B. Allabergenov ham iştirok etmoqda. Şu bilan birga, daraxtlarni kesiş jarayonida iştirok etgan fuqarolar ham jarayonga jalb etilgan.
Hozirda dastlabki örganiş işlari davom etmoqda. Mazkur holat yuzasidan yakuniy xulosaviy malumotlar yaqin vaqtlarda keng jamoatçilikka taqdim etilişi malum qilindi.