Urganç şahri Yangiobod mahallasidagi tugallanmagan bino — bolalar uçun xavf manbai
6-04-2026, 23:15
521 марта
Urganç şahri Yangiobod mahallasidagi tugallanmagan bino — bolalar uçun xavf manbaiUrganç şahri, Yangiobod mahallasida joylaşgan 9-marşrut oxiridagi yangi köp qavatli uylarda yaşovçi aholi jiddiy muammoga duç kelmoqda. Uç yil avval foydalanişga topşirilgan 9 qavatli uy qarşisida hozirgaça qurilişi tugallanmagan yana bir bino bor. Ammo bu şunçaki taşlab qöyilgan quriliş emas — u kun sayin xavfli hududga aylanmoqda.
Aholi sözlariga köra, mazkur bino qurilişi jarayonida jiddiy texnik kamçiliklarga yöl qöyilgan. Xususan, u suv ustki qatlami yuqori bölgan hududda barpo etilgani, sovuq havo şaroitida beton quyilgani sababli mustahkamlik talablariga javob bermagan.
Natijada, binaning 6-qavati qulab tuşgan va şundan keyin quriliş işlari butunlay töxtab qolgan. Şundan beri bu hudud qarovsiz, nazoratsiz holda qolmoqda.
Eng xavotirli jihati — uşbu taşlandiq bino bolalar uçun “öyin maydoni”ga aylanib qolgan. Har kuni yoş bolalar binoga kirib, xavfli joylarda öynayotgani kuzatilmoqda.Ota-onalarning aytişiça, ayrim hollarda bolalar nazoratsiz qolib ketadi va aynan şu kabi xavfli hududlarga kirib ketiş holatlari köpaygan. Bino içida esa oçiq lift şaxtalari, singan plita va qulab tuşiş xavfi yuqori bölgan konstruktsiyalar mavjud.
Bu esa har qanday fojiaga sabab bölişi mumkin.
Dalillar bor, ammo çora-çi?Mahalliy aholi bir neça bor uşbu holatni videoga olib, muammoga etibor qaratişga harakat qilgan. Ammo hozirgaça masul idoralar tomonidan aniq çoralar körilmagani aytilmoqda.
“Bir kun kelib keç bölişi mumkin” — deya xavotir bildirmoqda fuqarolar.
Masullar qaçon harakat qiladi?
Mutaxassislar fikriça, bunday holatlarda quyidagi çoralar zudlik bilan amalga oşirilişi lozim:
- hududni töliq örab, kirişni çeklaş
- xavfli joylarni mustahkamlaş yoki buziş
- quriliş taqdiri böyiça aniq qaror qabul qiliş
- doimiy nazorat örnatiş
Urganç şahrida yangi uylar qurilişi — ijobiy holat. Ammo ular atrofidagi taşlandiq va nazoratsiz obektlar bu ijobiylikni soya ostida qoldirmoqda.
Yangiobod mahallasidagi uşbu holat esa bir narsani yaqqol körsatmoqda:
şaharda faqat quriş emas, balki xavfsizlikni taminlaş ham birinçi örinda turişi kerak.
Aholi esa bir ovozdan söramoqda:
bolalar hayotiga tahdid solayotgan bu binoga qaçon yeçim topiladi?