Qirğizistonda yana Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari özgardi
Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisi Jumğalbek Şabdanbekov boşqa işga ötgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi, idora rahbari vazifasini bajaruvçi etib avval boş prokuror lavozimida işlab kelgan Maqsat Asanaliyev tayinlanadi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Sadir Japarovning matbuot xizmati xabar berdi.
“Jumğalbek Şabdanbekov boşqa işga ötgani munosabati bilan MXDQ raisi lavozimidan ozod etildi. Boş prokuror Maqsat Asanaliyevning istefosi qabul qilindi. Maqsat Asanaliyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi”, deyiladi xabarda.
Asanaliyev nomzodi MXDQ raisi lavozimiga tayinlanişi uçun Qirğiziston Respublikasi Jöqorğu Keneşiga (Oliy Kengaş) kelişiş uçun kiritilmoqda. Boş prokurorning birinçi örinbosari Malik Bekturğanov zimmasiga boş prokuror vazifasini vaqtinça bajariş yuklatilgan.
Malumot uçun, Maqsat Asanaliyev 1978 yil 24 martda Issiqköl viloyatining Qorakö qişloğida tuğilgan. Qirğiziston milliy universitetining yuridik fakultetini tamomlagan. Faoliyatini davlat xavfsizlik organlarida boşlab, MXDQ tergovçisi va öta muhim işlar böyiça katta tergovçisi lavozimlarida işlagan. Keyinçalik prokuratura va huquq-tartibot organlari tizimida rahbarlik lavozimlarini egallagan.
Maqsat Asanaliyev 2024 yilda Qirğiziston Boş prokurori etib tayinlangan. Professional doiralarda Asanaliyev özining qatiy iş uslubi va şov-şuvli jinoyat işlarini tergov qilişdagi printsipial pozitsiyasi bilan tanilgan. Manbalarning sözlariga köra, aynan şu fazilatlar uning nomzodini MXDQ rahbari lavozimiga körib çiqişda asosiy omillardan biri bölgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning fevralida, Qamçibek Taşiyev işdan olinganidan keyin Şabdanbekov Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangandi.
Ayni paytda Taşiyev “75 lar xati” deb atalayotgan işda figurant bölib turibdi va sud jarayoni davom etmoqda. Tergov maxsus xizmatning sobiq rahbarini hokimiyatni zöravonlik bilan egallab olişga tayyorgarlik köriş va mansab vakolatlarini suiistemol qilişda ayblamoqda. U bilan birga sudlanuvçilar kursisida yana yetti kişi ötiribdi: sobiq boş prokuror Qurmanqul Zuluşev, Jöqorğu Keneş sobiq spikeri Nurlanbek Turğunbek öğli, Bekbolot Talğarbekov, Qursan Asanov, Qurmanbek Diykanbayev, Ali Qaraşev va Qirğizistonning sobiq qişloq xöjaligi vaziri va Özbekistondagi sobiq elçisi Emil Uzoqboyev. Keça, 29 iyun kuni Qirğizistonning Bişkek şahar Birinçi may tuman sudida hokimiyatni egallaşga tayyorgarlik köriş böyiça jinoiy iş yuzasidan davom etayotgan sudda prokurorlar işga aloqador har bir ayblanuvçiga nisbatan 9 yillik qamoq jazosi söradi.
Taşiyev istefosi
Joriy yilning 10 fevral kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi – Boş vazir örinbosari Qamçibek Taşiyev Prezident Sadir Japarovning farmoni bilan lavozimidan ozod etildi. U öz qarorini “jamiyatda bölinişga yöl qöymaslik” istagi bilan izohladi. Qamçibek Taşiyevning özi bu haqda Germaniyada yurak operatsiyasidan söng rejali tekşiruvda bölganida xabar topganini malum qildi.
Taşiyev ortidan uning birinçi örinbosari Qurbonbek Avazov, kiberxavfsizlik markazi direktori Daniel Risaliyev va Antiterror markazi direktori Elizar Smanov işdan olindi. Abdukarim Alimboyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat çegara xizmati raisi etib tayinlandi. Uning örnini Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimida işlab kelayotgan Rustam Mamasadiqov egalladi.
2020 yildan buyon Milliy xavfsizlik davlat qömitasining 9-xizmati boşliği va rais örinbosari lavozimida işlab kelgan Jumgalbek Şabdanbekov Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.
Şuningdek, şu kunning özida Çegara xizmati davlat qömitasi tarkibidan çiqarildi.
Japarov va Taşiyev tandemi
Malumot uçun, Qamçibek Taşiyev 2020 yil 16 oktyabr kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi etib tayinlangan edi. Farmonni 2020 yil 5–6 oktyabr voqealaridan söng prezident vazifasini bajaruvçi sifatida Sadir Japarov imzolagan.
Qamçibek Taşiyev va amaldagi Prezident Sadir Japarov örtasidagi köp yillik munosabatlar mamlakatdagi eng barqaror va tasirli siyosiy ittifoqlardan biri sifatida baholanib kelgan. Ularning hamkorligi hokimiyat tepasiga kelişidan ança oldin boşlangan: 2010 yillar boşida ular bir neça bor siyosiy jarayonlarda bir tomonda bölgan, 2012 yildagi umumiy jinoiy epizodni ham birga boşdan keçirgan, bu esa ularning şaxsiy yaqinligini yanada mustahkamlagan.
2020 yil oktyabr voqealaridan söng tandem yakuniy şaklga keldi: Sadir Japarov Prezident lavozimini egalladi, Qamçibek Taşiyev esa MXQ rahbari etib tayinlanib, kuç blokining asosiy tayançiga aylandi. Aynan u eng şov-şuvli işlarni nazorat qilgan, kuç siyosatini şakllantirgan va amalda Prezident jamoasining eng yaqin işonçli şaxslaridan biri bölib kelgan.
Ekspertlar orasida ularning ittifoqi köpinça mamlakatdagi eng mustahkam siyosiy duet deb atalardi, Qamçibek Taşiyev atrofidagi har qanday kadr özgarişlari esa hokimiyat konfiguratsiyasidagi jiddiy özgarişlar belgisi sifatida qabul qilinar edi.
Sönggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbarining bölajak Prezident saylovlarida iştirok etişi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqalgan edi. Qamçibek Taşiyev esa bir neça bor prezidentlik poygasida qatnaşmoqçi emasligini va Sadir Japarovni qöllab-quvvatlaşini malum qilgan.