Global pasportlar reytingi elon qilindi. Özbekiston neçançi örinda?
Özbekiston pasporti xalqaro reytingda 123-örinni qayd etdi. Bu haqda “Global Passport Index” elon qilgan reytingda keltirilgan.
“Özbekiston pasporti egalari dunyo böylab sayohat qiliş imkoniyatidan foydalangan holda Xitoy, Andorra, Belarus, Birlaşgan Arab Amirliklari, Antigua va Barbuda, Armaniston, Ozarbayjon va Barbados kabi mamlakatlarga vizasiz kirişlari yoki yetib borgandan söng (aeroportda) viza olişlari mumkin. Biroq Özbekiston fuqarolari AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Afğoniston va Angola kabi 93 ga yaqin yönalişdagi mamlakatlarga kiriş uçun viza olişlari talab etiladi”, deyiladi Özbekiston haqidagi izohda.
Reytingda Yevropa davlatlari yetakçilikni saqlab qolgan bölib, kuçli öntalikning öninçi örnini boşqa mintaqadan bölgan Cingapur egallagan.
“Global Passport Index” mamlakatlarning vizasiz harakatlaniş imkoniyatlari bilan birga investitsion jozibadorlik va hayot sifati kabi mezonlarni ham qamrab olgan.
Uşbu reytingda Özbekiston 123-örinni egallagan. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozoğiston 107-örin bilan peşqadam bölsa, keyingi poğonalarni Qirğiziston (127-örin), Tojikiston (140-örin) va Turkmaniston (144-örin) band etgan. Mintaqa mamlakatlaridan Afğoniston esa 197-örin bilan reytingni yakunlab bergan.
Özbekiston indeks doirasida mobillik böyiça 129-örin, investitsiyalar böyiça 89-örin va hayot sifati böyiça 119-örinda qayd etilgan.
Dunyo reytingida esa Şvetsiya birinçi öringa çiqqan. Keyingi örinlarda Şveytsariya va Finlyandiya joylaşgan bölsa, kuçli beşlikni Germaniya, Niderlandiya va Daniya yakunlagan.
Eslatib ötamiz, 2026 yilgi “Henley Passport Index” yangilangan reytingida Özbekiston 74-öringa kötarilgandi.
Mumtozbegim Abdumöminova