Dunyo pasportlari reytingi: Özbekiston neçançi poğonada ekani malum
14-10-2025, 20:41
927 марта

Dunyo pasportlari reytingi: Özbekiston neçançi poğonada ekani malum
Henley & Partners konsalting firmasi vizasiz yönalişlar soni böyiça reytinglaştirgan yangi pasport indeksini elon qildi.Unda Özbekiston 82-örinni egalladi. Qöşni Qozoğiston 67-örinni, Qirğiziston esa 81-örinni egallagan.
Reytingda Singapur birinçi örinda qolmoqda, Qöşma Ştatlar esa ilk bor 12-örinni egallab, kuçli öntalikdan tuşib qoldi. Rossiya pasporti ham öz örnini yöqotib, 46-örindan 50-öringa tuşib ketdi - Venesuela va Moldovadan keyin joylaşgan.
2025 yilgi pasport indeksida birinçi uç örinni Osiyo davlatlari egallagan: Singapur birinçi örinda, davlat fuqarolari 227 mamlakatdan 193 tasiga vizasiz taşrif buyurişlari mumkin. Ikkinçi örinda Janubiy Koreya (190 mamlakat), uçinçi örinda Yaponiya (189 mamlakat).
Henley & Partnersʼning takidlaşiça, "20 yil oldin Henley Passport Index joriy etilganidan beri birinçi marta AQŞ dunyoning eng kuçli 10 ta pasporti qatoriga kirmaydi". 2014 yil indeksida birinçi örinni egallagan AQŞ pasporti endilikda 12-öringa tuşib ketdi va Malayziya bilan bir xil natija qayd etdi.