Özbekiston mobil internet tezligi böyiça MDHda 3-örinni egalladi
26-07-2025, 10:42
285 марта

Özbekiston mobil internet tezligi böyiça MDHda 3-örinni egalladi
Özbekiston dunyo mamlakatlaridagi internet tezligi böyiça jahon reytingida 103 davlat orasida 71-poğonada qayd etildi. Bu “Speedtest Global Index”ning 2025 yil iyun oyidagi malumotlarida keltirilgan.Malum qilinişiça, Özbekistonda mobil internetning örtaça tezligi 55,78 Mbit/sekundni taşkil etgan. “Speedtest Global Index” malumotlariga köra, Qozoğiston mobil internetning örtaça tezligi böyiça MDH mamlakatlari orasida birinçi, Özbekiston esa
3-örinni egallagan.
Mobil internetning örtaça tezligi böyiça dunyo reytingida BAA 546,14 Mbit/sekund körsatkiç bilan birinçi örinda qayd etilgan. Undan keying örinda 517,44 Mbit/sekund bilan Qatar, 378,45 Mbit/sekund körsatkiç bilan Quvayt uçinçi poğonadan joy olgan.
Kuçli önlikda Bahrayn (236,77 Mbit/s), Braziliya (228,89 Mbit/s), Bolgariya (224,46 Mbit/s), Janubiy Koreya (218,06 Mbit/s), Xitoy (201,67 Mbit/s), Saudiya Arabistoni (198,39 Mbit/s) hamda Daniya (196,27 Mbit/s) joylaşgan.
Reytingning eng quyi poğonasida Esvatini 18,36 Mbit/sekund bilan 101-poğonada, Belarus 17,97 Mbit/sekund bilan 102-örinda hamda Boliviya 13,192 Mbit/sekund bilan 103-örinda qayd qilingan.