Markaziy Osiyoning eng tinç mamlakati elon qilindi
27-06-2025, 13:28
1 067 марта

Markaziy Osiyoning eng tinç mamlakati elon qilindi
Xalqaro iqtisodiyot va tinçlik instituti tomonidan elon qilingan “Global Tinçlik Indeksi” (Global Peace Index, GPI) reytingida Qozoğiston 56-örinni egallab, Markaziy Osiyodagi eng tinç mamlakat böldi. Bu haqda taşkilot tomonidan elon qilingan hisobotda keltirilgan.GPI dunyo aholisining 99,7 foizini qamrab oladi va 23 ta sifat hamda miqdoriy körsatkiçlar asosida hisoblanadi. Bu körsatkiçlar işonçli xalqaro manbalardan olinadi va dunyo davlatlaridagi tinçlik holatini quyidagi uç asosiy yönalişda baholaydi:
- Jamiyatdagi xavfsizlik va barqarorlik darajasi;
- Içki va xalqaro mojarolar davomiyligi;
- Harbiylaştiriş darajasi.
Uşbu körsatkiçlar böyiça Markaziy Osiyo davlatlari reytingda quyidagi örinlarni egallagan:
- Qozoğiston – 56-örin;
- Özbekiston – 67-örin;
- Qirğiziston – 78-örin;
- Tojikiston – 79-örin;
- Turkmaniston – 87-örin.