Pokistonda avtobus jarlikka qulaşi oqibatida 24 kişi halok böldi
Pokistonda yölovçi taşuvçi avtobusning jarlikka qulaşi oqibatida kamida 24 kişi halok böldi, yana sakkiz kişi jarohatlandi. Bu haqda “Samaa TV” xabar berdi.
Qayd etiyolişiça, Pokistonda yölovçi avtobusi iştirokida yirik yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Transport vositasi çuqur jarlikka qulab ketgan, buning oqibatida önlab odamlar halok bölgan.
“Yölovçi avtobusi halokati oqibatida qurbon bölganlar soni 24 kişiga yetdi. Kamida sakkiz nafar jarohatlangan şaxs allaqaçon şifoxonalarga yetkazilgan”, deyiladi xabarda.
Telekanalning malum qilişiça, fojia Balujiston va Xayber-Paxtunxva provintsiyalari çegarasi yaqinidagi Dhana Sar toğli hududida yuz bergan.
Avtobus jarlikka qulaganidan söng, voqea joyiga favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari yetib borgan. Jarohatlanganlar şifoxonaga yotqizilgan, qutqaruvçilar esa qidiruv-qutqaruv amaliyotini davom ettirmoqda.
“Qutqaruvçilar odamlarni jarlikdan olib çiqişda davom etmoqdalar”, deyiladi xabarda.
Hodisa sabablariga hozirça aniqlik kiritilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Afrikaning Ğarbiy Keyp provintsiyasida yölovçi avtobusining ağdarilib ketişi oqibatida kamida 16 kişi halok bölgandi, yana 20 nafari jarohatlangan edi.