Damaşqdagi kafeda portlaş yuz berdi. Qurbonlar bor
Keça, 2 iyul kuni Suriya poytaxti Damaşqdagi kafeda portlaş yuz berdi. Oqibatda 9 kişi halok böldi, 20 nafar odam jarohat olgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea Damaşq markazida, Adliya saroyi yaqinidagi kafeda sodir bölgan. Dastlabki malumotlarga köra, portlaş kafe içiga joylaştirilgan qölbola portlovçi qurilma sabab yuz bergan.
Içki işlar vazirligi bayonotida aytilişiça, portlovçi qurilma taxminan 1 kilogramm oğirlikda bölib, metall bölaklar bilan töldirilgan. Bu esa portlaş oqibatida oğir jarohatlar va jiddiy vayronagarçilikka olib kelgan.
“Mazkur portlaş 2024 yil oxirida sobiq prezident Başar Asad hokimiyatdan ağdarilgaç mamlakat boşqaruvini qölga olgan prezident Ahmad aş-Şara hukumati uçun navbatdagi jiddiy xavfsizlik sinovi böldi. Asad rejimining qulaşi 14 yildan ortiq davom etgan fuqarolar uruşining amalda yakunlanişiga olib kelgandi”, deyiladi xabarda.
Şundan buyon Damaşqda bir qator xavfsizlik bilan boğliq hodisalar qayd etilgan. Jumladan, may oyida Mudofaa vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan avtomobil portlaşi oqibatida bir nafar suriyalik harbiy halok bölgan, kamida 18 kişi esa jarohat olgan.
Rasmiylarga köra, hujum uçun hozirça heç bir guruh javobgarlikni öz zimmasiga olmagan. Şunga qaramay, mutaxassislar IŞID terrorçilik guruhi mamlakatdagi beqaror vaziyat va xavfsizlikdagi böşliqlardan foydalanib, yaşirin hujayralarini qayta faollaştirişga urinayotganini takidlamoqda. Guruh joriy yil boşida Şara hukumatiga qarşi hujumlarning yangi bosqiçini boşlaganini ham elon qilgan edi.
Garçi bu guruh 2019 yilda öz nazoratidagi hududlarni yöqotib, sezilarli darajada zaiflaşgan bölsa-da, u hali ham Suriyada qonli hujumlarni amalga oşiriş imkoniyatiga ega ekani qayd etilmoqda. Şu bois Suriya, Iroq va Ğarb rasmiylari uni mamlakat xavfsizligiga tahdid solayotgan asosiy kuçlardan biri sifatida baholamoqda.
Ayni paytda huquq-tartibot organlari portlaş yuzasidan tergovni davom ettirmoqda. Hujum ortida kim turgani va uning aniq sabablari hozirça rasman malum qilinmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Suriyaning Idlib şahri yaqinidagi Al-Fua şaharçasida nomalum qurolli şaxslar tomonidan öz maşinasi içida töğridan töğri öqqa tutilişi oqibatida özbek jangarilaridan biri halok bölgani haqida xabar berilgan edi.
Mumtozbegim Abdumöminova