USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyoda milliarderlar soni rekord darajada köpaydi

199 марта
Дунёда миллиардерлар сони рекорд даражада кўпайди

Joriy yilning aprel oyi holatiga köra, dunyodagi milliarderlar soni ötgan 12 oy içida 13 foizga ösib, rekord darajani qayd etdi va 3302 nafarga yetdi. Bunday malumotlar UBS bankining yillik hisobotida keltirilgan.

Bank baholaşiga köra, hisobot davrida dunyoda milliarderlar soni 383 nafarga köpaygan, ularning umumiy boyligi esa 25 foizga oşgan. Turli mamlakatlarda milliarderlar soni va ularning boyliklari ösişidagi farqlar sezilarli darajada bölgan. Janubiy Koreyada milliarderlar soni 31 nafardan 52 nafarga yetgan, ularning jami boyligi esa bir yil içida 139 foizga oşgan. Çilida milliarderlar soni köpaymagan, lekin ularning boyligi 80 foizga oşgan. Çexiyada yana ikki nafar milliarder qöşilgan, ularning boyligi esa 60 foizga köpaygan. Oltita davlatda milliarderlar soni kamaygan. Ular orasida Saudiya Arabistoni va Tailand ham bor.

Boyligi 1 mlrd dollardan ortiq bölgan şaxslarning eng köpi AQŞda istiqomat qiladi – 1000 nafardan ziyod. 562 nafar milliarder Xitoyi fuqarolari, 211 nafar milliarder esa Hindistonda yaşaydi. Kuçli beşlikni mos ravişda 193 va 122 nafar milliarder bilan Germaniya hamda Rossiya yakunlab beradi.

3302 nafar milliarderning katta qismi 50 mlrd dollardan kam bölgan aktivlarga egalik qiladi. 18 kişining boyligi 50 mlrd dollardan 100 mlrd dollargaça baholanmoqda, qolgan 19 nafariniki esa 100 mlrd dollardan ortiqni taşkil etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq 2025 yilda dunyoda qariyb 1 million nafar dollardagi yangi millioner paydo bölgani haqida xabar berilgan edi. Bu kuniga örtaça 2,6 ming nafar yangi millioner degani.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: