USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoy dollarli milliarderlar soni böyiça AQŞdan özib ketdi

182 марта

Xitoy dollarli milliarderlar soni böyiça AQŞdan özib ketdi

Xitoyning “Hurun Researç Institute” (“Xujun”) tadqiqot taşkiloti hisobotiga köra, 2026 yilgi “Global Riç List” reytingida Xitoy AQŞni quvib ötib, birinçi örinni egalladi. Yanvar holatiga köra, röyxatga 726 ta yangi iştirokçi qöşilgan bölib, ularning 318 nafari Xitoy fuqarolaridir. Bu haqda tadqiqot taşkiloti xabar berdi.

“Xujun”ning keltirişiça, dunyodagi dollarli milliarderlarning umumiy soni ilk bor 4 minglik dovondan oşib, 4020 kişiga yetgan. Xitoyda 1110 nafar milliarder mavjud bölib, bu ötgan yilga nisbatan 287 nafarga köp. Ikkinçi örinda AQŞ – u yerda 1000 nafar milliarder bor (+130). Uçinçi örinni Hindiston egallagan – 308 kişi (+24).
Ulardan keyin Germaniya, Buyuk Britaniya va Şveysariya bormoqda. Rossiya reytingning yettinçi poğonasidan joy oldi – 105 nafar milliarder (+10). Şuningdek, önlikka Avstraliya, Singapur va Kanada kirdi.

Sayyoraning eng boy odami sifatida ketma-ket oltinçi yil amerikalik milliarder Ilon Mask qolmoqda. Uning boyligi 792 milliard dollarni taşkil etgan.

“Milliarderlar kompaniyalari röyxatidagi 114 tasi suniy intellekt (SI) işlanmalari sohasini ifodalaydi. Ulardan 46 tasi röyxatga birinçi marta kirdi, bu esa suniy intellektni yangi milliarderlar paydo bölişining eng yirik manbaiga aylantirmoqda”, deb qayd etadi “Xujun”.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: