Özbekistonga öqiş uçun eng köp qayerdan kelişyapti?
4-12-2025, 14:43
198 марта

Özbekistonga öqiş uçun eng köp qayerdan kelişyapti?
2025 yil yanvar-oktyabr oylarida 33 mingdan ortiq çet el fuqarosi öqiş maqsadida Özbekistonga kelgan bölib, bu ötgan yilga nisbatan 51,5 foizga köp. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar bermoqda.Malumotlariga köra, 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida jami 33 287 nafar çet el fuqarosi öqiş maqsadida Özbekistonga taşrif buyurgan. Bu körsatkiç 2024 yilning mos davriga nisbatan 11 307 nafarga köp bölib, ösiş surati 51,5 foizni taşkil etgan.
Malumotlarga köra, Özbekiston oliy talim muassasalarida tahsil olayotgan xorijliklar orasida eng katta uluş Hindiston va Turkmaniston fuqarolariga töğri kelmoqda. Joriy yilning 10 oyida Özbekistonga öqiş maqsadida kelgan çet el fuqarolari soni mamlakatlar böyiça quyidagiça taqsimlangan:
- Hindiston – 14 322 nafar;
- Turkmaniston – 8 348 nafar;
- Tojikiston – 2 323 nafar;
- Pokiston – 1 620 nafar;
- Xitoy – 1 254 nafar;
- Janubiy Koreya – 806 nafar;
- Qirğiziston – 696 nafar;
- Misr – 498 nafar;
- Filippin – 461 nafar;
- AQŞ – 429 nafar;
- Turkiya – 333 nafar;
- Afğoniston – 280 nafar;
- Iordaniya – 175 nafar;
- Rossiya – 158 nafar;
- Buyuk Britaniya – 153 nafar;
- boşqa davlatlar – 1 431 nafar.