Tramp Turkiyadagi NATO sammitida Zelenskiy va Suriya rahbari bilan uçraşadi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp şu hafta Turkiyada bölib ötadigan NATO sammiti doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uçraşib, Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça yangi say-harakatlarni muhokama qiladi. Bu haqda AQŞning yuqori lavozimli rasmiysiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Malum qilinişiça, Tramp sammitda iştirok etiş uçun 8 iyul kuni Turkiyaga yetib boradi. Uning dastlabki uçraşuvi mezbon davlat Prezidenti Rajab Toyyib Erdoğan bilan böladi. Şuningdek, Tramp Suriya Prezidenti Ahmad aş-Şaraa bilan ham muzokara ötkazadi va matbuot anjumanida qatnaşadi.
Ismini oşkor qilmaslik şarti bilan jurnalistlarga malumot bergan AQŞ rasmiysining aytişiça, Tramp 9 iyul kuni Zelenskiy bilan uçraşib, “uruşni qanday tugatiş mumkinligi”ni muhokama qiladi.
“Sönggi ikki oy içida front çiziğidagi vaziyat deyarli özgarmadi va heç bir tomon sezilarli yutuqqa erişa olmayapti. Prezident esa bu uruşni tez fursatda töxtatiş zarurligini bildirmoqda”, degan u.
Rasmiyning qöşimça qilişiça, Tramp NATOga azo davlatlarni mudofaa xarajatlarini oşirişga çaqiriş niyatida va bu çaqiriqni şaxsan yetkazadi. Şuningdek, sammit davomida mudofaa sohasiga oid milliardlab dollarlik bitimlar elon qilinişi kutilmoqda, ammo ularning tafsilotlari hozirça oçiqlanmagan.
Yevropa rasmiylari Trampning Erdoğan va NATO boş kotibi Mark Ryutte bilan yaxşi munosabatlari sammitning muvaffaqiyatli ötişiga yordam beradi, deb umid qilmoqda. Biroq ular Eron uruşi ortidan yuzaga kelgan transatlantik kelişmovçiliklar hamda Trampning NATOni tez-tez tanqid qilişi sababli malum darajada xavotir bildirgan.
Tramp, avvalroq NATO davlatlari AQŞga Eronga qarşi AQŞ–Isroil harbiy amaliyotida yetarliça yordam bermaganidan norozi ekanini bildirgan edi.
5 iyul kuni AQŞ Prezidenti Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan 90 daqiqa davom etgan telefon muloqotini ötkazgandi. Kreml yordamçisi Yuriy Uşakovning malum qilişiça, suhbat çoğida Tramp Ukrainadagi uruşga yeçim topişga kömaklaşişni taklif qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq 7–8 iyul kunlari Turkiya poytaxti Anqarada NATOga azo davlatlar rahbarlarining sammiti bölib ötişi va unda AQŞ Prezidenti Donald Tramp ham iştirok etişi xabar qilingandi.