Rossiya Ukrainaga 68 ta raketa va 351 ta dron bilan hujum qildi – Zelenskiy
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning sönggi ommaviy havo hujumidan söng Patriot havo mudofaa tizimlari uçun raketalar tanqisligi sabab Rossiyaning ballistik raketalarini urib tuşiriş qiyinlaşganini malum qildi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Unga köra, 5 iyul oqşomidan 6 iyul tongigaça Rossiya Ukraina hududiga 68 ta raketa va 351 ta hujumçi dron uçirgan. Havo mudofaasi kuçlari dronlar hamda qanotli raketalarning katta qismini yöq qilgan bölsa-da, ballistik raketalarga qarşi yetarli natijaga erişilmagan.
“Harbiylarimiz bugun dronlar va qanotli raketalarni urib tuşirişda yaxşi natijaga erişdi. Ammo, afsuski, Rossiyaning ballistik raketalariga qarşi bunday bölmadi. Buning sababi aynan tutib qoluvçi raketalar yetarli emasligidir”, deydi Zelenskiy.
Uning bildirişiça, ittifoqçilar omborlarida Patriot tizimlari uçun raketalar mavjud böla turib, ular Ukrainaga yetkazib berilmayotgani Rossiyani tinç aholi yaşaydigan hududlarga hujumlarni davom ettirişga undamoqda. Zelenskiy NATOning Anqarada bölib ötadigan sammitida AQŞ va Yevropa davlatlari Ukraina havo mudofaasini kuçaytiriş böyiça muhim qarorlar qabul qilişiga umid bildirgan.
Sönggi hujum oqibatida Kiyevning 10 dan ortiq hududida, jumladan, turarjoy binolarida vayrongarçilik yuz bergan. Hozirgaça 64 kişi, jumladan, ikki nafar bola qutqarilgan. Dastlabki malumotlarga köra, Kiyevda 11 kişi halok bölgan, 60 ga yaqin kişi jarohat olgan. Kiyev viloyatida esa yana 3 kişi halok bölib, 16 kişi jarohatlangan.
Ukraina Harbiy-havo kuçlari qömondonligi kommunikatsiyalar boşqarmasi rahbari Yuriy Ignatning aytişiça, Patriot raketalari tanqisligi Rossiyani ballistik raketalardan köproq foydalanişga undamoqda.
“Rossiya raketalarni tutib qoliş uçun öq-dorilar jiddiy tanqis ekanini yaxşi biladi. Şu sababli ular ballistik raketa hujumlariga köproq etibor qaratmoqda”, degan Ignat.
Uning qayd etişiça, Rossiya odatda har ön kunda bir marta yirik raketa va dron hujumlarini amalga oşiradi, biroq navbatdagi zarba istalgan paytda takrorlanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylari Donetsk viloyatidagi muhim şaharlardan biri bölgan Konstantinovka ustidan nazorat örnatgani haqida malum qilgan edi. Zelenskiy esa Rossiyaning Donetsk viloyatidagi strategik ahamiyatga ega Kostiantinovka şahrini egallagani haqidagi davolarni rad etgan.