Ukraina Germaniyadan Patriot zenit-raketa tizimlarini oldi
3-11-2025, 18:49
117 марта

Ukraina Germaniyadan Patriot zenit-raketa tizimlarini oldi
Germaniya Ukrainaga Patriot zenit-raketa tizimlarini topşirdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy özining Telegram-kanalida malum qildi.“Biz mamlakatimizning havo mudofaasi tizimidagi Patriot komponentini mustahkamladik. Germaniyaga va şaxsan kantsler Fridrix Mertsga Rossiya terroridan hayotni himoya qiliş yölidagi bu umumiy qadamingiz uçun minnatdorlik bildiraman”, deydi Ukraina rahbari.Zelenskiyning aytişiça, havo hujumlari Putinning bu uruşdagi asosiy quroli bölib qolmoqda, çunki u özining yerdagi maqsadlariga erişa olmasligini aynan havo orqali “qoplamoqçi”. Zelenskiyning bildirişiça, havo mudofaasi tizimini kuçaytiriş uruşning yakuniga yaqinlaştiradi va Rossiyaning havo hujumlarini davom ettiriş imkoniyatlarini kamaytiradi.
“Rossiyaning muvaffaqiyatlari qança kam bölsa, u uruşni tugatişga şunça köproq turtki topadi”, deydi u.