AQŞ uruşdan keyin Ukrainaga yordam beradi
27-08-2025, 17:13
120 марта

AQŞ uruşdan keyin Ukrainaga yordam beradi
Amerika Qöşma Ştatlari uruş tugaganidan söng Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari doirasida yordam körsatişga tayyor. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.Qayd etilişiça, mamlakatlar uruş tugaganidan keyin razvedka va havo mudofaasi böyiça hamkorlik qiladi, biroq AQŞ öz qöşinlarini Ukrainaga yubormaydi.
Malumotlarga köra, ötgan hafta AQŞ Prezidenti Donald Tramp Yevropa rahbarlariga mamlakati Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taminlaşda iştirok etişini bildirgan. Şundan söng AQŞ rasmiylari Yevropaga razvedka, kuzatuv, boşqaruv hamda havo mudofaasi vositalarini taklif qilgan.
AQŞ allaqaçon Ukrainaga Patriot havo mudofaasi tizimlarini yetkazib bergan. Uruşdan keyingi yordam tarkibiga Amerika samolyotlari, logistika, yer usti radar tizimlari ham kiritilişi mumkin. Bu Yevropa kuçlariga Ukrainani havo hujumlaridan himoya qiliş imkonini beradi.
Xabarda aytilişiça, AQŞning razvedka va boşqaruvi kelajakdagi tinçlik bitimi şaroitida öt oçişni nazorat qiliş va Yevropa kuçlari faoliyatini muvofiqlaştirişda muhim rol öynaydi.
Biroq, AQŞ rasmiylarining takidlaşiça, bu taklif faqat Yevropa davlatlari Ukrainada ön minglab askar joylaştirişga rozilik bildirsa kuçga kiradi. Ayrim rasmiylarning ogohlantirişiça, Vaşington bu taklifni istalgan payt qaytarib olişi mumkin.
Ğarb ittifoqçilari işlab çiqqan dastlabki rejaga köra, Ukraina uç bosqiçli mudofaa çiziğiga ega bölişi mumkin:
- uçinçi davlat tinçlikparvarlari kuzatadigan demilitarizatsiya zonasi;
- NATO qurollari va tayyorgarligiga ega Ukraina armiyasi qöriqlaydigan mustahkam çegara;
- içkarida joylaşadigan, Yevropa kuçlari va ularni orqadan qöllab-quvvatlaydigan AQŞ.