Tramp Rossiya aktivlari hisobidan Ukrainaga yordam ajratişi mumkin
13-07-2025, 11:51
153 марта

Tramp Rossiya aktivlari hisobidan Ukrainaga yordam ajratişi mumkin
AQŞ Prezidenti Donald Tramp lavozimga kirişganidan beri ilk bor Ukrainaga yangi moliyaviy yordam ajratiş masalasini körib çiqmoqda. Bu haqda öz manbalariga tayanib, CBS News xabar berdi.Malum qilinişiça, uşbu yordam Rossiyaga signal beriş uçun möljallanişi mumkin. Hozirça mablağ manbasi aniq emas. Biroq, AQŞ rasmiylariga köra, Tramp ixtiyorida avvalgi prezident Jo Bayden mamuriyati tomonidan ajratilgan, lekin hali işlatilmagan 3,85 milliard dollar mablağ mavjud.
Şuningdek, sobiq rasmiylar Prezident taxminan 5 milliard dollarlik Rossiyaning AQŞdagi muzlatilgan aktivlarini musodara qilib, uşbu mablağni Ukrainaga yönaltirişi mumkinligini ham takidlagan. Hozirgaça na Tramp, na Bayden bu imkoniyatdan foydalangan.
Yevropa Ittifoqi, AQŞ, Yaponiya va Kanada Rossiya Markaziy bankining qariyb 300 milliard dollarlik aktivlarini muzlatgan. Bu aktivlarning 5–6 milliard dollari AQŞda, asosiy qismi esa Belgiya hududidagi Euroslear tizimida saqlanadi.
2024 yil iyun oyida G7 davlatlari – Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Frantsiya, Yaponiya va AQŞ Rossiya aktivlari daromadi hisobidan Ukrainaga 50 milliard dollar kredit ajratiş mexanizmini kelişib olgan.
Rossiya bu harakatlarni öğrilik deb hisoblaydi. Kreml bu niyatlarni noqonuniy deb atab, agar ular amalga oşirilsa, bu jiddiy sud va huquqiy oqibatlarga olib kelişini aytgan.
“Reuters” agentligi xabariga köra, Tramp şu haftada Prezident vakolatlaridan birinçi marta foydalanadi. Bu unga Kongress roziligisiz qurol-aslaha yuborişga imkon beradi. Yordam paketi taxminan 300 million dollarni taşkil etadi. Unda Patriot tizimlari uçun örta masofali hujum raketalari ham bölişi mumkin.
“Politico” naşrining yozişiça, Trampning bu qarorini muhokama qiliş AQŞ tomonidan Ukrainaga ayrim qurollar yetkazib berilişi töxtatilganidan bir hafta ötib boşlangan. Keyinçalik Prezident yetkazib berişni qayta tiklaşga qaror qilgan. Mablağ Bayden davrida Kongress tomonidan tasdiqlangan fond hisobidan ajratiladi. Unda hali ham taxminan 3,8 milliard dollar mavjud.