Germaniya Ukrainaga 1,9 mlrd yevrolik yordam ajratadi
13-06-2025, 09:24
202 марта

Germaniya Ukrainaga 1,9 mlrd yevrolik yordam ajratadi
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan Kiyevda bölib ötgan matbuot anjumanida Germaniya Ukrainaga harbiy yordamning navbatdagi tranşi ajratmoqçi ekanini aytdi. Bu 1,9 milliard yevroni taşkil qiladi.
Şu bilan birga, Germaniya Ukraina hukumatiga özining uçiş masofasi 500 km dan oşadigan “Taurus” raketalarini yetkazib berişdan boş tortmoqda.
Şu bilan birga, vazir jurnalistning Germaniya Ukrainaga "Taurus" raketalarini beradimi, degan savoliga salbiy javob berdi. "Mening javobim yöq", dedi Pistorius. Nemis rasmiysiga köra, Germaniyaning moliyalaşi Ukrainaning özining uzoq masofaga uçuvçi qurollarini yaratişga qaratilgan.
Sobiq kantsler Olaf Şolts boşçiligidagi Germaniyaning avvalgi hukumati ham Kiyevga “Taurus” raketalarini yetkazib berişdan boş tortgan edi. Şolts Ukrainani Rossiyaning içki hududiga hujum qiliş uçun qurol bilan taminlaşni "notöğri" harakat deb atadi.
Germaniyaning yangi kantsleri Fridrix Merts avvalroq Ukrainani uzoq masofali raketalar bilan taminlaşga tayyorligini malum qilgan edi, biroq lavozimga kelganidan beri hukumat pozitsiyasini özgartira olmadi.