Rossiya Ukrainaga uruşni 2 xil yöl bilan töxtatişni taklif qildi
3-06-2025, 14:33
208 марта
Rossiya Ukrainaga uruşni 2 xil yöl bilan töxtatişni taklif qildi Rossiya delegatsiyasi 2-iyun kuni Istanbulda bölib ötgan muzokaralarda Ukrainaga uruşni töxtatiş uçun ikkita variantni taklif qildi. Tegişli hujjatni “RIA Novosti” elon qildi.
Birinçi variantga köra, Rossiya qöşinlari tomonidan qisman bosib olingan Ukrainaning törtta viloyatidan — Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xersondan ukrain armiyasi bosqiçma-bosqiç çiqib ketişi kerak. Ukraina öz armiyasini Rossiya çegaralaridan “kelişilgan” masofaga olib çiqişi lozim.
Ikkinçi taklif töğridan-töğri bahsli hududlarni Moskvaga topşirişni nazarda tutmaydi, ammo bir qator şartlarni öz içiga oladi. Ular orasida quyidagilar bor: Ukrainada safarbarlikni taqiqlaş va demobilizatsiyani boşlaş, xalqaro hamkorlarning Kiyevga qurol-yaroğ, razvedka malumotlari hamda suniy yöldoş aloqasini yetkazib berişini töxtatiş, Rossiya hududidagi “diversiyalar”ga barham berişga kafolat beriş, har ikki tomon uçun umumiy amnistiya elon qiliş va qölga olingan tinç aholini ozod qiliş.
Bundan taşqari Rossiya harbiy holat bekor qilingandan keyin 100 kun içida prezident va parlament (Oliy Rada) saylovlarini ötkazişni talab qilmoqda. Ikkinçi variant Ukrainada uçinçi davlat harbiy xizmatçilarining bölişini istisno qiladi. Şuningdek, Ukraina armiyasining harakatlanişini taqiqlaşni öz içiga oladi.
Ikki delegatsiyaning Istanbuldagi uçraşuvidan oldin ularning rahbarlari — Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov va Rossiya prezidenti yordamçisi Vladimir Medinskiy 2,5 soat davomida yuzma-yuz uçraşuv ötkazgan.
Rossiya tayyorlagan memorandum loyihasida Moskva uçun muhim bölgan bir qança tinçlik şartlari keltirilgan. Ular quyidagilar:
Rossiya bosib olgan hududlarning xalqaro darajada Rossiyaga qaraşli deb tan olinişi;
Ukraina harbiy ittifoqlarga (masalan, NATO) qöşilişdan voz keçişi;
Rus tiliga rasmiy til maqomi berilişi;
Rossiya va Ukraina örtasidagi barça mavjud sanktsiyalar bekor qilinişi va yangi sanktsiyalar kiritilmasligi;
Rossiya gazining Ukraina orqali tranziti tiklanişi, boşqa iqtisodiy, diplomatik va transport aloqalari qayta yölga qöyilişi;
Uruşdan körilgan zararlarga oid özaro davolardan voz keçiş;
Ukraina qurolli kuçlarining soni va tarkibiga çeklovlar kiritilişi;
“Natsizm va neonatsizmni uluğlaş va tarğib qiliş” taqiqlanişi, “millatçi” partiyalar tugatilişi;
Ukrainada yadrosiz maqom saqlanişi;
Ukraina pravoslav çerkoviga nisbatan amaldagi çeklovlar bekor qilinişi.