Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Istanbulga yetib bordi
2-06-2025, 12:38
120 марта

Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Istanbulga yetib bordi
Rossiya delegatsiyasi keça, 1 iyun kuni, Ukraina delegatsiyasi esa bugun, 2 iyun kuni muzokaralar olib boriş uçun Istanbulga yetib bordi. Bu haqda Ukraina Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Georgiy Tixiy malum qildi.
May oyida Rossiya Federatsiyasi va Ukraina delegatsiyalarini uç yildan söng bir stolda töplagan Turkiya bugun, 2 iyun kuni Istanbulda yana muzokaralar taşkil qiladi. Rossiya delegatsiyasiga Prezident yordamçisi Vladimir Medinskiy boşçilik qilmoqda. Ukraina tomoniga Mudofaa vaziri Rustam Umarov boşçilik qilmoqda. Uçraşuv yopiq formatda ötkaziladi.
Rossiya delegatsiyasi öz memorandumini Ukraina tomoniga topşirişga va unga “zarur tuşuntirişlar” berişga tayyor. Ukraina tomoni öt oçişni töxtatişni talab qilişi va yetakçilar darajasidagi uçraşuv masalasini kun tartibiga qöyişi kutilmoqda.
Rossiya Federatsiyasi va Ukraina örtasidagi muzokaralarning birinçi raundi 16 may kuni Istanbuldagi Dolmabaxçe qarorgohida bölib ötdi. Töqnaşayotgan tomonlar örtasidagi muzokaralarning ikkinçi raundi 2 iyun kuni Turkiya vaqti bilan soat 13:00da Çiragan saroyida bölib ötişi kutilmoqda.
Birinçi uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar “1000 ga 1000” formulasi böyiça keng kölamli mahbuslar almaşinuvini ötkaziş, yuzaga kelişi mumkin bölgan öt oçişni töxtatiş böyiça öz fikrlarini batafsil bayon etiş, söngra muzokaralarni davom ettirişga kelişib oldi. Kiyev va Moskvaning xabar berişiça, Istanbulda kelişib olingan mahbuslar almaşinuvi 25 may kuni yakunlangan.
Tinçlikka erişiş yölidagi diplomatik say-harakatlar doirasida Turkiya Taşqi işlar vaziri Xoqon Fidan bir kun avval Moskva va Kiyevga borib, u yerda Rossiya Federatsiyasi va Ukraina rahbarlari hamda yuqori martabali amaldorlari bilan uçraşdi.