Rossiya va Ukraina yangi muzokaralarda nimalarga kelişgani malum böldi
3-06-2025, 13:58
219 марта

Rossiya va Ukraina yangi muzokaralarda nimalarga kelişgani malum böldi
Bugun 2 iyun kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina örtasida muzokaralarning navbatdagi bosqiçi bölib ötdi. OAV uning ayrim tafsilotlarini oçiqlamoqda.Rossiya Ukrainaga mojaroni hal qiliş şartlarini öz içiga olgan memorandum loyihasini berdi, hujjat bir hafta içida örganib çiqiladi, dedi Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustem Umerov.
Unga köra, Kiyev navbatdagi uçraşuvni iyun oyi oxirida ötkazişni taklif qilgan.
Rossiya va Ukraina ölganlarning jasadlarini “6000 ga 6000” formulasi böyiça almaşişga kelişib oldi”, dedi Rustem Umerov.
Ukraina delegatsiyasi rahbarining sözlariga köra, tomonlar oğir yaradorlar va 25 yoşgaça bölgan şaxslarni qaytarişga ham etibor qaratib, yangi mahbuslar almaşinuvini amalga oşiradilar.
Bundan taşqari Ukraina Rossiya hududiga deportatsiya qilingan ukrainalik bolalarni qaytarişni söragan.
Öt oçişni töxtatiş va prezidentlar uçraşuvi masalasi ham kun tartibiga qöyilgan, ammo bu borasida kelişuvga erişilgani yöq. Rossiya faqat frontning ayrim qismlarida öt oçişni töxtatmoqçi, bu murdalarni yiğiş işlarini osonlaştiradi.