Şri-Lankadagi qamoqxonada qonli töqnaşuv: 25 kişi halok böldi
Şri-Lanka poytaxti Kolombo yaqinidagi Negombo qamoqxonasida ikki guruh mahbus örtasida yuz bergan töqnaşuvlar oqibatida kamida 25 kişi halok böldi, 100 dan ortiq kişi jarohatlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Politsiya malumotiga köra, tartibsizliklar keça, 5 iyul kuni boşlangan va bugun, 6 iyul kuni ham davom etgan. Halok bölganlar orasida mahbuslar ham, qamoqxona xodimlari ham borligi aytilmoqda.
Manbalarga köra, töqnaşuv sud hukmi çiqarilgan mahkumlar va tergov ostida saqlanayotgan mahbuslar örtasida yuz bergan. Mojaroga nima sabab bölgani hozirça rasman malum emas.
Hududdagi davlat şifoxonasiga 100 nafardan ortiq jabrlanuvçi olib borilgan. Hozirça ularning olgan jarohatlari haqida batafsil malumot berilmagan. Töqnaşuvga nima sabab bölgani rasman malum emas. Hodisa yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Malumot uçun, Şri-Lankadagi qamoqxonalar uzoq yillardan buyon öta gavjumligi bilan ajralib turadi. Hozirda mamlakatdagi jazoni ijro etiş muassasalari 10 ming kişiga möljallangan bölsa-da, ularda 39 mingdan ortiq mahkum saqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Venesuelaning Barinas ştatidagi INJUBA qamoqxonasida mahbuslar jazoni ijro etiş muassasasini egallab olib, ommaviy norozilik boşlagani haqida xabar berilgan edi.