Hindistondagi yonğinda Özbekiston fuqarosi ham halok bölgan – OAV
6-06-2026, 11:00
237 марта

Hindistondagi yonğinda Özbekiston fuqarosi ham halok bölgan – OAV
Hindiston poytaxti Nyu-Dehlining janubida joylaşgan mehmonxonada yuz bergan katta yonğin oqibatida kamida 13 nafar xorijlik fuqaro halok böldi. Ular orasida 1 nafar Özbekiston fuqarosi ham bor. Bu haqda Hindiston Taşqi işlar vazirligi vakili Randxir Jaysval TASS naşriga malum qildi.Uning malum qilişiça, halok bölganlar orasida Mozambikdan 1 kişi, Nigeriyadan 4 kişi, Qirğizistondan 3 kişi, Özbekistondan 1 kişi, Bangladeşdan 1 kişi, Liberiyadan 1 kişi, Kongodan 1 kişi va Iroqdan 1 kişi bor.
Şuningdek, 20 dan ortiq xorijlik jarohat olgan. Hindiston hukumati barça tegişli elçixonalar bilan hamkorlik qilayotganini, jabrlanganlarga tibbiy yordam körsatilayotganini va zarur hujjatlar rasmiylaştirilayotganini bildirgan.
Avvalroq, mahalliy OAVlar halok bölganlar soni 18 nafar xorijlik bölişi mumkinligini xabar qilgan edi.
Yonğin 3 iyun kuni ertalab mehmonxonada boşlangan, hodisa oqibatida jami 21 kişi halok bölgan va 47 kişi qutqarilgan, hozirda yonğin sabablari tekşirilmoqda va mehmonxona egasi hibsga olingan.