Meksikadagi ayançli yonğinda 22 kişi halok böldi

Meksikadagi ayançli yonğinda 22 kişi halok böldi
El Universal naşrining xabar berişiça, Meksikaning şimoli-ğarbiy qismidagi Hermosillo şahridagi dökonda sodir bölgan yirik yonğinda kamida 22 kişi, jumladan, tört bola halok böldi.
Gazeta xabariga köra, yana 12 kişi turli darajadagi kuyiş jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Yonğin dökon kiriş joyi yaqinida sodir bölgan portlaşdan keyin boşlangan va bazi xaridorlar içkarida qolib ketgan.
Öt öçiruvçilar yonğinni öçirişga muvaffaq bölişgan.
Sonora ştati rasmiylari texnik nosozlik va yonuvçan materiallar mavjudligi ehtimolini hisobga olib, voqea yuzasidan tergov boşladilar. Viloyat gubernatori Alfonso Durazo qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi va jarohatlanganlarga yordam körsatişni buyurdi. Hermosillo şahar hokimiyati madaniy festival uçun rejalaştirilgan barça tadbirlarni bekor qildi.