Mumbayda kuçli yomğir oqibatida kamida 6 kişi halok böldi
Hindistonning Mumbay şahrida tinimsiz yoğayotgan kuçli yomğir oqibatida bir guruh turarjoy binolari qulab tuşdi. Hodisa oqibatida kamida olti kişi, jumladan, beş nafar bola halok böldi. Bu haqda “Reuters” xabar qildi.
Mahalliy hokimiyat malumotlariga köra, fojia şaharning şarqiy qismidagi Mankhurd hududida sodir bölgan. Xarobalar mavzesida joylaşgan ikki-uç qavatli bir neçta bino qulab tuşgan. Qurbonlar orasida bir nafar ayol ham bor. Kuçli yoğingarçilik şahardagi transport tizimiga ham jiddiy tasir körsatgan. Mumbay-Pune tezyurar avtomobil yölida köçkilar yuz berib, magistral vaqtinça yopilgan. Oqibatda ikki şahar örtasidagi transport harakati töxtatilgan.
Telekanallar tarqatgan tasvirlarda yölga qulagan beton bölaklari va tunnellar tomidan oqib tuşayotgan yomğir suvlari aks etgan. Noqulay ob-havo sabab aviqatnovlar va Mumbay-Pune yönalişidagi ayrim poyezdlar ham bekor qilingan.
Şuningdek, bugun, 6 iyul kuni kuçli yomğir va suv toşqinlari sabab maktab hamda kollejlar faoliyati vaqtinça töxtatilgan. Mahalliy OAV köçalarda suv keçib yurgan aholi tasvirlarini elon qilgan.
Qayd etilişiça, kuçli yoğingarçilik oqibatida şaharda daraxtlar ham qulab tuşgan. Ötgan oy oxiridan buyon bu kabi hodisalar sabab kamida uç kişi halok bölgan. Meteorologlar malumotiga köra, Mumbayda bir sutka davomida 100 millimetrdan ortiq, ayrim hududlarda esa 161 millimetrgaça yoğingarçilik kuzatilgan. Hindiston meteorologiya xizmati yaqin kunlarda ham mamlakatning ayrim hududlarida yomğirlar davom etişi mumkinligidan ogohlantirdi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 2 iyul kuni Pokistonning bir qator hududlarida kuzatilgan kuçli yomğir va toşqinlar oqibatida kamida 14 kişi halok bölib, önlab odamlar jarohatlandi.