Xitoyda tornado sabab 11 kişi halok böldi
Xitoyning Xubey provintsiyasida yuz bergan 2 ta tornado oqibatida 11 kişi halok böldi, yana bir kişi bedarak yöqoldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, tornado keça, 6 iyul kuni keçqurun Xuanşi, Xuangan, Ejou va Syanin şaharlarini qamrab olgan. Tabiiy ofat vaqtida şamol tezligi soatiga 149 kilometrga yetgan. Kuçli şamol avtomobillarni ağdarib yuborgan, binolarning tomlarini uçirib ketgan hamda infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazgan.
Xubey meteorologiya boşqarmasi mutaxassisi Van Syaolinning aytişiça, mazkur hududda tornado juda kam uçraydi. Viloyatda sönggi marta bunday hodisa 2021 yil may oyida qayd etilgan.
CCTV davlat televideniyesi elon qilgan kadrlarda qutqaruvçilar kuçli şamol oqibatida vayron bölgan avtomobillar va binolar aks etgan. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin qutqaruv xizmatlarini suv toşqinlari va köçkilardan jabr körganlarni qutqariş uçun safarbar etgan.
Milliy meteorologiya markazi yaqin kunlarda Xubeyning şimoli-şarqiy qismida, şuningdek, Guansi, Guangdong, Xaynan, Şandun, Lyaonin va Jilin hududlarida kuçli yomğirlar davom etişi haqida ogohlantirgan.
Bundan taşqari, Tinç okeanida kuçayib borayotgan “Bavi” tayfuni Tayvan tomon harakatlanmoqda. Sinoptiklar tayfun 10 iyuldan boşlab orolga tasir eta boşlaşi, ayrim hududlarda bir metrdan ortiq yoğingarçilik kuzatilişi mumkinligini bildirmoqda.
Tayvan hukumati tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş uçun qariyb 29 ming nafar harbiy xizmatçini şay holatga keltirgan. Prognozlarga köra, “Bavi” Tayvanga yaqinlaşganda biroz kuçsizlanişi mumkin, biroq u hanuz kuçli tayfun sifatida xavf tuğdirişda davom etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya rasmiylari kuçli yomğirlar va tayfun tufayli Kyusyu va Okinavadan tortib Kinki mintaqasigaça bölgan 13 ta prefekturadan 2,23 million aholini evakuatsiya qilgani haqida xabar berilgandi.