Erdöğanning rafiqasi uning qölini öpmoqçi bölgan Makronga qarşilik körsatdi
Keça, 7 iyul kuni Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron NATOning Anqaradagi sammiti doirasida ötkazilgan rasmiy kutib oliş marosimida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning rafiqasi Emina Erdöğanning qölini öpişga harakat qildi. Bu haqda “Habertürk” xabar berdi.
Marosim çoğida Makron Emina Erdöğan bilan salomlaşiş uçun yaqinlaşgan. U birinçi xonimning qölini öpişga uringan, biroq Emina Erdöğan qölini tortib olgan. Şundan söng ular odatdagidek qöl berib körişgan.
Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamalarga sabab bölmoqda.
Turk madaniyatida insonlarning qölini öpiş va uni peşonaga tekkiziş hurmat ramzi hisoblanadi. Şu bois Emmanuel Makronning Emina Erdöğanga nisbatan qilgan harakati ham turk ananalariga hurmat körsatiş istagi bilan boğliq bölişi mumkin. Biroq Fransiya tomoni bu borada rasmiy izoh bermagan, şuning uçun uning harakatlari nomalumligiça qolmoqda.
Frantsiya Prezidenti bir haftadan buyon jamoat joylarida qora közoynakda köriniş berayotgan edi. Şuningdek, u NATO sammitiga ham qora közoynak taqib kelgan. Mahalliy OAVlarga köra, bunga uning közi bilan boğliq muammo sabab bölgan.
Malumot uçun, NATOning 36-sammiti 7–8 iyul kunlari Turkiya poytaxti Anqarada bölib ötmoqda. Sammitning asosiy mavzulari mudofaa xarajatlarini oşiriş, Ukrainani qöllab-quvvatlaş va Yevropa xavfsizligi masalalaridan iborat.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 6 iyul kuni Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Suriyaga taşrif buyurgan edi. Şundan söng Emmanuel Makron Suriya Prezidenti Ahmad aş-Şara bilan uçraşiş uçun Prezident saroyiga kirgan vaqtda “Four Seasons” mehmonxonasi yaqinida portlaşlar ham sodir bölgan.