Turkiya qarorgohi birinçi xonimlar podiumiga aylandimi? (foto)
Anqaradagi NATO sammiti doirasida ötgan rasmiy keçki ovqat marosimi bu safar birinçi xonimlar va ayol yetakçilarning nafis liboslari namoyiş etilgan öziga xos moda sahnasiga aylandi. Bu haqda “Habertürk” xabar berdi.
Rasmiy qabul oqşomiga mezbonlik qilgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning rafiqasi Emine Erdöğan mehmonlarni töq kök rangdagi, milliy uslub elementlari aks etgan libosda kutib olgan. Odatda birinçi xonimlar yirik xalqaro tadbirlar va rasmiy qabullarda yangi obrazlarni tanlaşga etibor qaratadi. Biroq Emine Erdöğan NATO sammiti doirasidagi rasmiy keçki ovqat marosimida avval ham köpçilik etiboriga tuşgan töq kök rangli libosini yana tanladi. Turkiya birinçi xonimi uşbu libosni 9 yil avval, 2017 yil 29 oktabr kuni Turkiya Respublikasining taşkil topgan kuni munosabati Prezidentlik majmuasida ötkazilgan rasmiy qabul marosimida ham kiygan edi.
Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan birga marosimga kirib kelgan Brijit Makron qora rangdagi, tizzadan past uzunlikdagi uzun yengli libosni tanlagan. U obrazini kiçik qora sumka bilan töldirib, sodda va klassik frantsuz uslubini namoyiş etgan.
Ruminiya Prezidenti Nikuşor Dan bilan taşrif buyurgan Mirabela Gradinaru moviy rangdagi uzun libosi bilan etiborni tortgan. Yelka qismidagi yopinçiqsimon detallar va tabiiy turmaklangan soçlari uning obraziga yengillik bağişlagan.
Çexiya Boş vaziri Andrey Babişni kuzatib kelgan Monika Babişova oq rangdagi, yerga tuşib turuvçi libosni tanlagan. Libosning yeng qismidagi hajmli bezaklar, brilliant ziraklar va oq sumka uning obrazini yanada nafis körsatgan.
Polşa Prezidenti Karol Navrotskiy bilan marosimda qatnaşgan Marta Navrotska uzun yengli qora libosda köriniş bergan. Minimal aksessuarlar va ixçam sumka uning klassik uslubini töldirgan.
Bolgariya Prezidenti Rumen Radevning rafiqasi Desislava Radeva oq va krem ranglar uyğunlaşgan midi köylakni tanlagan. Asimmetrik yoqa qismi obrazga zamonaviy köriniş bergan.
Belgiya Boş vaziri Bart De Vever bilan kelgan Verle Xegge töq kök atlas matodan tikilgan uzun libosni kiyişni maqul körgan. U obrazini nozik marjon va yelkaga ilinadigan sumka bilan yakunlagan.
Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stabbning rafiqasi Syuzann Innes-Stabb oq atlas bluzka va keng biçimli töq kök şimdan iborat zamonaviy uslubni tanlagan. Uning obrazi sodda, ammo zamonaviy körinişi bilan ajralib turgan.
Daniya Boş vaziri Mette Frederiksen oq rangdagi klassik kostyum-şimda marosimda iştirok etgan.
Italiya Boş vaziri Jorja Meloni qora rangdagi kostyum-şimni yirik marjon bilan uyğunlaştirgan. Uning obrazi klassik va zamonaviy elementlarni birlaştirgani bilan etibor qozongan.
Kanada Boş vazirining rafiqasi Dayana Foks Karni marsala rangdagi libos ustidan yorqin rangli kalta pidjak kiyib çiqqan. Obraz nafis soç turmagi bilan yakunlangan.
Kim Xe Gyon qora yubkani qizil rangdagi pidjak bilan uyğunlaştirgan. Yorqin rang tanlovi uning obrazini boşqalardan ajratib turgan.
Sloveniya birinçi xonimi uzun qora libosni kumuş rangli belboğ bilan töldirgan. Minimalistik uslub uning obrazining asosiy jihati bölgan.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Yelena Zelenskaya qora rangdagi kostyum-şimni tanlagan. Uning obrazi sodda va rasmiy uslubi bilan ajralib turgan.
Şarlotta Merts yorqin moviy rangdagi uzun köylakda marosimda qatnaşgan. Oddiy taqinçoqlar va oqimli libos uning obraziga yengillik bağişlagan.
Mareva Grabovski-Mitsotakis yengsiz qora uzun libosni tanlagan. Kumuş rangli keng bilaguzuk va tabiiy soç turmagi uning minimalistik uslubini töldirgan.
Ursula fon der Lyayen töq kök va qora ranglar uyğunlaşgan, yenglari tör bilan bezatilgan keçki libosda köriniş bergan.
Çernogoriya Boş vaziri Miloyko Spayiçning rafiqasi Milena Toşiç Spayiç krem rangdagi uzun libosni tanlagan. Yopinçiqsimon yelka qismi, kumuş ziraklar va oq sumka uning obrazini töldirgan.
Qayd etilişiça, NATO sammitining ilk kunidagi uşbu rasmiy qabul marosimi nafaqat dunyo yetakçilari xavfsizlik va geosiyosiy masalalarni muhokama qilgan diplomatik uçraşuv sifatida, balki birinçi xonimlar va ayol liderlarning nafis obrazlari namoyiş etilgan unutilmas oqşom sifatida ham tarixda qolgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq NATO sammiti bahonasida Turkiyaga kelgan AQŞ Prezidenti Donald Tramp Anqarada turkiyalik mavqedoşi Rajab Toyib Erdoğan bilan uçraşuvda Turkiya Rossiyaning havo mudofaa tizimlarini sotib olganidan keyin Vaşington tomonidan Turkiyaga qarşi joriy etilgan sanktsiyalarni bekor qilişini malum qilgani haqida xabar berilgan edi.