Pokistonda yuk samolyoti bedarak yöqoldi
Keça, 7 iyul kuni keçqurun Pokistonning Karaçi şahri yaqinida Birlaşgan Arab Amirliklaridan uçib kelayotgan yuk samolyoti radar va aloqadan uzilib, bedarak yöqoldi. Hodisa yuzasidan Arab dengizida keng kölamli qidiruv-qutqaruv işlari boşlandi. Bu haqda “Assoicated Press” xabar berdi.
Pokiston aeroportlari mamuriyatining malum qilişiça, Karaçida joylaşgan K2 Airways aviakompaniyasiga tegişli Boeing 737 yuk samolyoti Şarjadan Karaçiga parvoz qilayotgan vaqtida bortda 5 nafar ekipaj azosi bölgan.
Qayd etilişiça, samolyot mahalliy vaqt bilan soat 21:18 da navigatsiya tizimida nosozlik yuzaga kelgani haqida dispetçerlarga xabar bergan. Oradan uç daqiqa ötib, havo kemasi keskin balandlikni yöqotgan va yönalişini özgartirgan. Köp ötmay u Karaçidan taxminan 287 kilometr ğarbda radar va radio aloqasidan uzilgan.
Voqeadan söng Pokiston aeroportlari mamuriyati Qutqaruvlarni muvofiqlaştiriş markazini işga tuşirgan. Harbiy-dengiz kuçlari va boşqa masul idoralar iştirokida Arab dengizida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Samolyotning ğoyib bölişiga nima sabab bölgani hozirça nomalum. Aviatsiya mutaxassisi Imron Aslamning aytişiça, hatto dvigatel işdan çiqqan taqdirda ham samolyot odatda malum masofagaça uçişda davom etadi. Şu bois havo kemasining qisqa vaqt içida keskin balandlikni yöqotib, radar ekranidan yöqolişi mutaxassislarda savollar uyğotmoqda.
“Men hali ham samolyot uçiş örniga qanday qilib bunçalik tösatdan qulaganini tuşuna olmayapman”, deydi u.
Rasmiylar qidiruv işlari yakunlari va hodisa sabablari böyiça qöşimça malumotlar keyinroq elon qilinişini bildirgan.
Eslatib ötamiz, 2025 yilning 24 iyul kuni Rossiyaning Amur viloyatida yölovçi taşuvçi An-24 samolyoti samoda aloqaga çiqmay yöqolib qolgani haqida xabar berilgandi.