Tramp Turkiyani eski samolyotda tark etdi
Keça, 8 iyul kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp NATO sammiti yakunlangaç, Turkiyani Qatar tomonidan sovğa qilingan yangi samolyotda emas, balki eski Boeing VC-25A samolyotida tark etdi. Bu haqda u özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozib qoldirdi.
Avvalroq, AQŞ Prezidenti Donald Tramp Anqarada bölib ötgan NATO davlat va hukumat rahbarlari sammiti uçun Turkiyaga Qatar amiri tomonidan sovğa qilingan, taxminiy qiymati 500 million dollar atrofida deb baholangan ulkan Boeing samolyotida kelgani keng muhokamalarga sabab bölgan edi.
Malum qilinişiça, Tramp Anqaradan Buyuk Britaniyadagi RAF Mildenhall aviabazasiga eski, oç havorang Air Force One bortida uçgan. U yerdan esa Vaşingtonga qaytiş uçun yana Qatar sovğa qilgan yangi prezident samolyotiga ötgan.
“Eski kunlarni yodga oliş uçun tanladim”, deb yozgan Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Şuningdek, u Anqaradan Buyuk Britaniyadagi RAF Mildenhall’ga uçiş uçun eski, kök rangli Air Force One samolyotidan foydalanişini, yangi samolyot esa öşa bazada töxtab, u yerda joylaşgan AQŞ harbiy xizmatçilari samolyotni közdan keçirişlari mumkinligini qayd etgan.
“Boeing 747 haqiqatan ham ajoyib samolyot”, deb qöşimça qilgan u.
Qatar tomonidan AQŞga sovğa qilingan Boeing 747 Tramp foydalanişi uçun vaqtinçalik Air Force One sifatida qayta jihozlangan. Qiymati 500 million dollarga baholanadigan uşbu havo kemasi oddiy samolyot emas, balki zamonaviy aloqa markazi, ilğor mudofaa tizimlari va maxsus jihozlarga ega “uçuvçi ştab” hisoblanadi. Unda prezident uçun alohida yotoqxona, mehmonlarni qabul qiliş xonalari, yiğiliş zallari hamda parvoz davomida davlat boşqaruvini olib borişga imkon beruvçi maxsus aloqa tizimlari mavjud.
Anqaradagi matbuot anjumanida jurnalistlar Trampdan Turkiyadan ketişda samolyotni almaştirgani Eron tomonidan bölişi mumkin bölgan suiqasd tahdidi bilan boğliqmi, deb söragan. Tramp bunga aniq javob bermagan, ammo bunday tahdid ehtimolini ham rad etmagan.
“Eronning öldirilişi kerak bölganlar röyxatida birinçi örinda men turaman. Bilmayman, buni sizga ayta olmayman, lekin menga baribir”, degan u.
Qatar sovğa qilgan samolyotdan foydalaniş AQŞda bahs-munozaralarga sabab bölmoqda. Ayrim ekspertlar uni qisqa muddatda qayta jihozlangani bois xavfsizlik darajasi yuzasidan savollarni örtaga taşlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Suriya Prezidenti Ahmad aş-Şaraaga mamlakatni AQŞning terrorizmni qöllab-quvvatlovçi davlatlar röyxatidan çiqarişga qaror qilganini aytgani haqida xabar berilgan edi.